PARADOKS: SHOXRUHXONGA PUL BOR, BOLALAR HAYOTIGA-CHI?
MUHIM24 Uz
0:00 / 0:00
PARADOKS: SHOXRUHXONGA PUL BOR, BOLALAR HAYOTIGA-CHI?
345 просмотров · 3 недели назад
MUHIM24 Uz
33,2 тыс. подписчиков
345 просмотров · 3 недели назад
"Shoxruxxon kelsa xursand bo‘lamiz, lekin SSPE bilan og‘rigan bolalarni kim qutqaradi?" — O‘zbekistondagi achchiq haqiqat
Toshkentda og‘ir nevrologik xastalik — SSPE (subutkir sklerozlanuvchi panensefalit) bilan kurashayotgan 350 ga yaqin bolaning ota-onalari SSV binosi oldida yig‘ildi. Qizamiqning asorati sifatida yuzaga keladigan bu kasallik bosh miya hujayralarini asta-sekin yemiradi. Dunyo bo‘yicha 1 million boladan 12–34 tasida uchrashi kerak bo‘lgan bu illat, afsuski, O‘zbekistonda birgina 2019-yilda tug‘ilgan 250 nafar bolada aniqlangan. Bugungacha 60 ga yaqin norasida vafot etdi.
Sog‘liqni saqlash tizimi esa hali ham jim jit. Oylik dori xarajatlari 7–8 million so‘mni, davolanishning umumiy qiymati esa 70–80 ming dollarni tashkil etmoqda. Ota-onalar xususiy mulklarini sotib, qarzga botib bo‘ldi. Vazirlik bilan muloqot bo‘lgan bo‘lsa-da, tizimli dori ta’minoti yoki xalqaro ekspertlarni jalb qilish bo‘yicha real qadam tashlangani yo‘q.