“Nest One”ni chizgan me’mor qiz. “Bitta zilzilada qulaydi deyishgandi...” — Laylo Jalilova dunyosi
intervyuTV
0:00 / 0:00
“Nest One”ni chizgan me’mor qiz. “Bitta zilzilada qulaydi deyishgandi...” — Laylo Jalilova dunyosi
41 011 просмотров · 9 часов назад
intervyuTV
2,26 млн подписчиков
41 011 просмотров · 9 часов назад
IntervyuTV'ga obuna boling: / @intervyutv
Biz arxitektor va rassom Laylo Jalilova bilan katta intervyu qildik.
Laylo Jalilova ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilayotgan Yangi Oʻzbekiston universitetining kampusida arxitektor lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Bu intervyumiz katta tasodiflarga, qiziq jarayonlar va turfa yangiliklarga boy boʻldi.
Intervyu davomida nafaqat Oʻzbekistonda, balki Oʻrta Osiyoda ham kattaligi jihatidan hayron qoldiradigan Yangi Oʻzbekiston universitetining kampusi qurilish jarayonlarini ich-ichidan koʻrsatib berishga harakat qildik.
Oʻzbekistondagi eng baland, osmon oʻpar inshoot “Nest One” – bu binoning unikalliklari, Laylo Jalilova uchun katta maktab boʻlgan qurilish jarayoni va “Nest One”ning hech kimga maʼlum boʻlmagan arxitektura yechimlarini koʻrsatishga harakat qildik.
Xullas, “Özguven” qurilish kompaniyasidagi yagona oʻzbek arxitektor qiz Laylo Jalilova bilan katta intervyumizni eʼtiboringizga havola qilamiz.
Ushbu intervyumiz Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan hamkorlikda tayyorlandi. Kontent markaziga ushbu gʻoyamizni qoʻllab-quvvatlab, intervyu jarayonda qimmatli maslahatlar berib borishgani uchun koʻp tashakkurlar aytamiz.
P.S. Laylo Jalilova bilan intervyumiz yozning eng issiq, inson salomatligi uchun ham xavfli bo‘lgan chillasida bo‘lib o‘tdi. Shunday jazirama kunlarda tasvirga olish jarayonida bizga ko‘maklashgan barcha-barchaga minnatdorchilik bildiramiz.
#IntervyuTV #LayloJalilova #FeruzMuhammad