ROSSIYA VA UKRAINA YARASHADI?!
Qalampir UZ
0:00 / 0:00
ROSSIYA VA UKRAINA YARASHADI?!
368 819 просмотров · 11 часов назад
Qalampir UZ
1,7 млн подписчиков
368 819 просмотров · 11 часов назад
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush tugashi mumkin. Buning uchun Tramp o‘zining ishonchli odamlarini ikki Vladimir oldiga jo‘natyapti. Biroz avval navbati bilan bir-birining mamlakatini bombardimon qilgan prezidentlar ham tinchlik haqida gapirishni boshladi. Putin urushni diplomatik yo‘l bilan hal qilish mumkin deyapti. Xo‘sh, bu o‘xshaydigan ishmi?
Tilda tinchlik so‘zini ko‘p ishlatadigan, ammo amalda aksini qiladigan Donald Tramp birdaniga o‘q-dorilari tugamaydigan darajada ko‘pligi va mamlakat qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bo‘yicha rekord o‘rnatayotganini aytib, maqtanib chiqdi. Vaholanki, uning o‘zi yangi urush chiqish ehtimolini “juda past” deb baholagandi. Unda bu ko‘z-ko‘z qilish kimgadir do‘q-po‘pisami?
Eronda qonli oqshom. Rasmiylar AQSH harbiylari oddiy to‘y marosimiga zarba bergani va o‘nlab tinch aholi, jumladan bolalar halok bo‘lganini aytmoqda. Vashington esa buni rad etib, barchasi kema yo‘llarini yopayotgan Eron armiyasiga berilgan “aniq va adolatli zarba” ekanini iddao qildi. Xo‘sh, Vashington rostdan ham to‘yni janozaga aylantirdimi yoki bu Tehronning navbatdagi targ‘ibot yurishimi?
Qalampirni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram: / qalampir.uz
Telegram: https://telegram.me/qalampir
Facebook: https://fb.com/qalampir.uz
TikTok: / qalampiruz_rasmiy
Twitter: / qalampiruz
#qalampiruz #qalampir