BYD Great Tang Premium SUVlarni Ortda Qoldira oladimi!? Xpeng G6
AutoMag
0:00 / 0:00
BYD Great Tang Premium SUVlarni Ortda Qoldira oladimi!? Xpeng G6
2 186 просмотров · 4 мес. назад
AutoMag
531 подписчик
2 186 просмотров · 4 мес. назад
Xitoyning yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD o‘zining yangi flagman elektr SUV modeli — BYD Great Tang’ning salonini namoyish qildi. Kompaniya avtomobilning hashamatga yo‘naltirilgan xususiyatlari va bir zaryadda CLTC standartiga ko‘ra 950 km masofagacha yurishini e’lon qildi.
Katta SUV D-segmentga doir bo’lib, to‘liq o‘lchamli oilaviy yo‘ltanlamas sifatida pozitsiyalanayotgan Great Tang BYD’ning bugungacha ishlab chiqilgan eng texnologik jihatdan ilg‘or elektromobillaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Hozircha uning O’zbekiston bozorida rasman sotilishi tasdiqlanmagan, biroq texnik xususiyatlariga qaraganda, kelajakda BYD’ning mamlakatimizdagi model qatorining eng yuqori pog‘onasidan joy olishi mumkin.
BYD Great Tang’ning uzunligi versiyasiga qarab 5263 mm dan 5302 mm gacha, kengligi 1999 mm, balandligi esa 1800 mm gacha. Avtomobil 3130 mm g‘ildirak bazasiga ega.
So‘nggi yillarda Xitoy avtomobillari butun dunyoda tobora ommalashib borayotgan vaqtda Xpeng o‘zini shunchaki avtomobil ishlab chiqaruvchisi emas, balki texnologiya kompaniyasi deb ta'riflaydi. Hattoki yaqin kelajakda Volkswagen ham uning texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlanmoqda.
Xo‘sh, Tesla Model Y uchun jiddiy raqobatchi sifatida ko‘rsatilayotgan Xpeng G6 haqiqatan ham shunchalik yaxshimi? Keling, batafsil ko‘rib chiqamiz.
Avvalo, G6 katta o‘lchamli kupe-krossover hisoblanadi. O‘lchamlari bo‘yicha u Tesla Model Y bilan bir segmentda joylashgan.
Xpengning kuchli tomoni faqat avtomobil ishlab chiqarishda emas. Kompaniya xodimlarining qariyb 40 foizi ilmiy-tadqiqot va yangi texnologiyalar ustida ishlashida. Ularning katta qismi esa dasturiy ta'minot va sun'iy intellekt bilan shug‘ullanadi. Shu sababli Xpeng ko‘proq texnologik kompaniya sifatida ko‘rinadi.