Quddusni sog'inib - Zabur 136:1-6 - #masihiy #madhiya
Uchbirlikdagi Xudo
0:00 / 0:00
Quddusni sog'inib - Zabur 136:1-6 - #masihiy #madhiya
659 просмотров · 3 месяца назад
Uchbirlikdagi Xudo
308 подписчиков
659 просмотров · 3 месяца назад
Quddusni sog'inib (Zabur sanosiga asoslangan masihiy madhiya).
Bobilda daryo bo‘yida,
O‘tirib biz yig‘lar edik.
Quddusning muqaddas nomin
Eslab, eslab, yig‘lar edik.
Changlarimizni jim holda
Tol shoxiga osdik biz.
Qorong‘u kun, biz g‘urbatda
Ko‘z yosh bilan bosdik biz.
“Kuylang”, dedi asir etgan,
“Quddus kuyin ayting axir!”
“Shod qilinglar bizni bugun,
Qo‘shiq aytib bering axir!”
Qanday qilib yot davlatda
Egam kuyin aytarmish biz?
Qanday qilib qayg'urganda
Shod qo‘shiqni kuylarmish biz?
Ey Quddusim, gar unutsam,
Qurib qolsin shu o‘ng qo‘lim.
Seni shodlik deb bilmasam,
Tanglayimga yopish tilim.
Ey Quddusim, seni eslab
Yuragimda o‘tlar yonar.
G‘urbat kechar, dardlar o‘tar,
Sening noming bo'lmas barbod.
Zabur 136:1-6
Bobildagi daryolar boʻyida oʻtirardik,
Yigʻlab, u yerlarda Quddusni eslardik.
Liralarimizni oʻsha yerdagi tollarga osib qoʻygandik.
Bizni u yerda asirga olganlar:
“Qoʻshiq aytib beringlar”, derdilar,
Bizga zulm qilganlar koʻngillarini chogʻ qilgani:
“Bizga Quddus qoʻshiqlaridan kuylanglar”, derdilar.
Qanday qilib begona yurtda
Biz Egamizga qoʻshiq kuylay olardik?!
Ey Quddus, agar seni unutsam,
Oʻng qoʻlim qurib qolsin.
Agar men seni eslamasam,
Quddusni eng katta shodligim deb bilmasam,
Tilim tanglayimga yopishib qolsin.
#uchbirlik #Zabur #masihiy #madhiya #Quddus