ZAXAROVA YANA ZAHRINI SOCHDI. O'ZBEKISTONGA BUYRUQ BERYAPTI
Qalampir UZ
0:00 / 0:00
ZAXAROVA YANA ZAHRINI SOCHDI. O'ZBEKISTONGA BUYRUQ BERYAPTI
136 033 просмотра · 2 дня назад
Qalampir UZ
1,7 млн подписчиков
136 033 просмотра · 2 дня назад
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova yana O‘zbekistonning ichki ishlariga burnini tiqdi. U SSSR g‘oyalari targ‘iboti bilan shug‘ullangan, Telegramda Comrade Aziz nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik bloger Aziz Hakimovning yonini oldi. Joriy yilning 11 avgust kuni Shayxontohur tuman sudi Hakimovni tuhmat, haqorat va milliy adovat qo‘zg‘atish bilan bog‘liq moddalarda aybdor deb topib, 4 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilgan edi. Shu bilan birga, u urushni targ‘ib qilish bilan bog‘liq ayblov bo‘yicha oqlangan. Zaxarova Hakimov ishida jabrlanuvchi sifatida qatnashgan bloger Nikita Makarenko faoliyatiga O‘zbekistonda huquqiy baho berilishini so‘radi. Biroq shu vaziyatda jamoatchilik faollari orasida haqli savol tug‘ilmoqda: Nega aynan kimni tekshirish kerakligini boshqa davlatning tashqi ishlar idorasi ko‘rsatishi kerak? Ushbu video orqali shu savolga javob topasiz.
Qalampirni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram: / qalampir.uz
Telegram: https://telegram.me/qalampir
Facebook: https://fb.com/qalampir.uz
TikTok: / qalampiruz_rasmiy
Twitter: / qalampiruz
#qalampiruz #qalampir #zaxarova #hakimov #bloger #rossiya #sud #kusherboyev