MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYAT, BILIM — PORLOQ KELAJAK POYDEVORI!
Shahrisabz shahri 14-maktab
0:00 / 0:00
MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYAT, BILIM — PORLOQ KELAJAK POYDEVORI!
427 просмотров · 1 месяц назад
Shahrisabz shahri 14-maktab
491 подписчик
427 просмотров · 1 месяц назад
MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYAT, BILIM — PORLOQ KELAJAK POYDEVORI!
Shahrisabz shahar 14-sonli maktabda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda Bilimlar kuni munosabati bilan an’anaviy “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tadbirda Shahrisabz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakili Sh. Sultonov ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni tabrikladi.
Tadbirni maktab direktori Z. Xalimov ochib berdi. Yurtimizda ta’lim va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Vatanimiz taraqqiyoti va kelajagimiz haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Ayniqsa, maktabimizning 1-sinf o‘quvchilari uchun “Birinchi qo‘ng‘iroq” jaranglab, yangi o‘quv yiliga ilk qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarga unutilmas taassurot ulashdi.
Yangi o‘quv yili barchamizga ulkan zafarlar, yuqori natijalar va yangi marralar olib kelsin!
Bizni kuzatib boring!
👇👇👇👇
Feecbook (https://www.facebook.com/groups/4524436834...)
Telegram (https://t.me/shahrisabzshahar14idumi)
You tube ( / @shahrisabzshahri14-maktab19 )
Kundalik.kom (https://schools.emaktab.uz/v2/school?schoo...)