Ovqat hazm qilish sistemasi. (1-qism) | @Maqsudxon_Mominxonov
Максудхон Моминхонов | Биология
0:00 / 0:00
Ovqat hazm qilish sistemasi. (1-qism) | @Maqsudxon_Mominxonov
19 348 просмотров · 3 г. назад
Максудхон Моминхонов | Биология
8,37 тыс. подписчиков
19 348 просмотров · 3 г. назад
Ovqat hazm qilish sistemasi (1-qism): og'iz bo'shlig'i, so'lak bezlari, tishlar, halqum va qizilo'ngach tuzilishi bo'yicha to'liq biologiya darsi.
Videoda tishning ichki tuzilishi, tish turlari, sut tishlari almashinuvi va tish formulasini o'rganib, 8-sinf odam anatomiyasi mavzusini mustahkamlaysiz.
⏱ TAYM-KODLAR:
0:00 Ovqat hazm qilish sistemasi
1:14 Hazm nayi bo'limlari
3:01 Ichaklar va hazm bezlari
5:05 Og'iz bo'shlig'i va so'lak bezlari
7:05 Tishning ichki tuzilishi
9:30 Tish turlari va vazifalari
16:15 Sut tishlari almashinuvi
20:18 Tish formulasi
24:20 Halqum va qizilo'ngach
26:40 Ichak uzunligi va appendiks
Ovqat hazm qilish sistemasi | @Maqsudxon_Mominxonov
Ovqat hazm qilish sistemasi — odam va hayvonlar organizmida oziqmoddalarning qayta ishlanishi va hazm boʻlishini taʼminlaydigan organlar majmui. Koʻpchilik bir hujayralilar (mas, amyoba)da Ovqat hazm qilish sistemasi funksiya-sini ovqat hazm qilish vakuollari bajaradi. Bundan tashqari, ayrim bir hujayralilar (mas, tufelka)da oziq kiradigan (ogʻiz, halqum) va oziq qoldiqlari chiqadigan maxsus teshikchalar ham boʻladi. Tuban koʻp hujayralilar (mas, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, ichaksiz turbellariyalar)da oziq maxsus hujayralar ichida hazm boʻladi. Umurtqasiz hayvonlar Ovqat hazm qilish sistemasi juda xilma-xil. Eng oddiy tuzilgan hayvonlar (boʻshliqichlilar, taroqlilar) Ovqat hazm qilish sistemasi ogʻiz teshigi bilan boshlanadigan va shu teshik bilan tamom boʻladigan gastral boʻshliqdan iborat. Koʻpchilik hayvonlar (nemertinalar, toʻgarak chuvalchanglar, mollyuskalar, halqali chuvalchanglar, boʻgʻimoyoqlilar)rz- Ovqat hazm qilish sistemasiq.s. oldingi, oʻrta va orqa boʻlimlardan tashkil topgan boʻlib, ogʻiz va anal. teshik or-qali tashqi muhit bilan bogʻlangan. Odam va umurtqali hayvonlar Ovqat hazm qilish sistemasiq.s.ning tuzilishi oziqlanish xususiyati va sharoitiga bogʻliq. Ovqat hazm qilish sistemasiq.s. nayining ol-dingi qismi ixtisoslashib, ogʻiz boʻshligʻi, halqum va qiziloʻngacht hosil qiladi. Ogʻiz boʻshligʻida jagʻlar, tishlar, shilimshiq va soʻlak bezlari, til va boshqa joylashadi. Ovqat hazm qilish sistemasiq-S.ningoʻrta qis-mi hisobidan oshqozon, ingichka ichak, jigar, oshqozon osti bezi vujudga keladi. Ovqat hazm qilish nayining ke-yingi qismi yoʻgʻon ichak, toʻgʻri ichak va anal teshikdan iborat. Qiziloʻngach, oshqozon, ingichka ichak va yoʻgʻon ichak birgalikda ovqat hazm qilish nayini hosil qiladi; uning devori shilim-shiq, seroz va muskul qavatlaridan tashkil topgan. Evolyusiya jarayonida hayvonlar tanasining yiriklashuvi tufayli bilan ovqat hazm qilish nayi shilimshiq qavati yuzasi har xil yoʻl bilan (ichakning uzayib sirtmoq hrsil qilishi, burmalar paydo boʻlishi, shilimshiq qavat vorsinkalarining rivojlanishi, epiteliyning ichak devoriga yoki ichak boʻshligʻiga botib kirishi or-qali) kengayib borgan. Ana shu tariqa juda koʻp sonli mayda (ichak devori) yoki yirik (jigar, oshqozon osti) bezlar hosil boʻlgan. Ovqat hazm qilish nayi shilimshiq qavati ostida himoya funk-siyasini bajaradigan limfoid folli-kulalar joylashgan. Ovqat hazm qilish sistemasiq.s. qon va limfa tomirlari bilan taʼminlangan. Ovqat hazm qilish sistemasiq.yening funksional faoliyati murakkab neyro-gumoral va gormonal mexanizmlar orqali boshqariladi. Bu jarayonda Ovqat hazm qilish sistemasiq.s.ning oʻz gormonlari asosiy ahamiyatga ega (yana qarang Neyro-gumoral regulyasiya, Gormonal regulyasiya).
▶️ Shu mavzudagi barcha videolar (pleylist):
• 8-sinf odam anatomiyasi: to'liq video dars...
🚀 Foydali havolalar:
✅ Telegram kanalimiz (Masala matni shu yerda):
https://t.me/BIO_OLAM_rasmiy_kanali
✅ Bizning Bio-Botimiz (Test va qo'llanmalar):
https://t.me/imkonedu_bot?start=yt_8sinf
✅ Onlayn kurslarimiz (bog'lanish uchun):
https://t.me/imkonedupro_bot
✅ Instagram (Foydali kontent):
/ mominxonov_m
✅ YouTube (bepul online darslar):
/ @maqsudxon_mominxonov
#online #biologiya #darslar #qulay #sifatli #bepul #video #darslari #anatomiya #hazm #ovqat #sistemasi #tizim #oshqozon #ichak #til #tish #halqum #qizilongach #ferment #gormon