Перейти к содержимому

TARIX, ENG KATTA ORZU VA ENG ZO'R MUHLISLAR 🔥 | NAVBAHOR HAQIDA

Sayfullo Tursunov

0:00 / 0:00

TARIX, ENG KATTA ORZU VA ENG ZO'R MUHLISLAR 🔥 | NAVBAHOR HAQIDA

6 875 просмотров · 1 г. назад
Sayfullo Tursunov
3,29 тыс. подписчиков
6 875 просмотров · 1 г. назад
Navbahor“ futbol klubiga 1978-yilda asos solingan. Dastlabki yillarda — aniqrogʻi 1980-yillarda „Tekstilshik“ nomi bilan Sobiq Ittifoq chempionati 2-ligasi Sharqiy Zonasida toʻp sura boshlagan. Jamoa nomlari tarixi tahrir 1978—1980: Tekstilshchik 1980—1983: Navbahor 1983—1987: Avtomobilchi 1988-yildan — Navbahor Klub tarixidagi eng yaxshi toʻpurar — Shuhrat Mirxoldorshoyev — 140 ta gol Eng koʻp oʻyin — Tohir Madrahimov — 259 ta oʻyin 1992-yilda klub nomi „Navbahor“ deb oʻzgartirildi. SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach (1991 -yil 2-yarmida), 1992-yilgi mavsumdan boshlab Oʻzbekiston milliy chempionatida oʻynay boshladi. Oʻzbekiston chempionati tarixida 1-oʻrinni egallagan „Navbahor“ yana 16 ta jamoa bilan birga Oliy ligadan joy oldi. Debyut mavsumi yakuniga koʻra 5-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston kubogining 1-gʻolibiga aylandi. Keyingi mavsumlarda ketma-ket uch marta (1993, 1994 va 1995) „Navbahor“ Oliy liga bronza medali sohibi, 1993-yilda Kubok finalchisi, 1995-yilda esa 2-marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi. 1996-yilgi mavsumda klub 1-marta Oʻzbekiston chempioni boʻldi[2][3][4]. Keyingi 3-yil davomida u yana bronza medali sohibi boʻldi va 1998-yilda oʻz tarixida 3-marta va hozircha oxirgi marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi[5]. 1999-yilda „Navbahor“  Oʻzbekiston Superkubogining 1-gʻolibi boʻldi. Bu bilan Oʻzbekiston tarixida birinchi Superkubok sohibi bo'ldi. Navbahor“ toʻrt marta Osiyoning klublar oʻrtasidagi musobaqalarida ishtirok etgan. 1996/1997-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogining amaldagi sohibi sifatida AFC klublar oʻrtasidagi ikkinchi nufuzli turnir — Osiyo kubogi egalari kubogida ishtirok etib, ikkinchi saralash bosqichida toʻxtagan edi. 1997/1998-yilgi mavsumda Namangan klubi Osiyo Chempionlar Kubogida (hozirgi OCHL deb ataladi) Oʻzbekistonning amaldagi chempioni sifatida ishtirok etib, guruhdan chiqa olmadi. „Navbahor“ uchinchi marta 1999/2000-yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqasida qatnashgan. 1998-yilgi Oʻzbekiston Kubogining amaldagi sohibi sifatida Osiyo Kubogi egalari kubogida ishtirok etgan va yarim finalga qadar yetib borgan[16]. Toʻrtinchi marotaba 2023/2024-yilgi mavsumda ishtirok etdi va 1/8 final bosqichiga qadar yetib bordi. O'ZBEKISTON CHEMPIONI - 1X O'ZBEKISTON KUBOGI SOHIBI - 3X O'ZBEKISTON SUPERKUBOKGI SOHIBI - 1X KUMUSH MEDAL SOHIBI - 1X BRONZA MEDALI SOHIBI - 10X #navbahor #navbaxor #navbahor #namangan #futbol #superliga #o'zbekiston #uzbekistan #sport #football