Nastarin - Men o’lgan kunimda | Afro style🔥 | #uzbekistan
Ilhom music
0:00 / 0:00
Nastarin - Men o’lgan kunimda | Afro style🔥 | #uzbekistan
10 741 просмотр · 4 дня назад
Ilhom music
12,5 тыс. подписчиков
10 741 просмотр · 4 дня назад
[Intro]
Men o‘lgan kunimda…
chiqmaydi quyosh…
[Verse 1]
Men o‘lgan kunimda chiqmaydi quyosh,
Bir tomchi ko‘z yoshin to‘kmaydi otam.
Maysalar nish urmas, qushlar sayramas,
Uyimda yaqinlar tutmaydi motam.
[Chorus]
Men o‘lgan kunimda chiqmaydi quyosh,
Bir tomchi ko‘z yoshin to‘kmaydi otam.
Maysalar nish urmas, qushlar sayramas,
Uyimda yaqinlar tutmaydi motam.
[Verse 2]
Men o‘lgan kunimda o‘laksaxo‘rlar
Tanamni g‘ajiydi, boshim cho‘qiydi.
Aynan o‘sha kunda sevgan yorimga
Domla “baxtli bo‘l”, deb nikoh o‘qiydi.
[Chorus]
Men o‘lgan kunimda chiqmaydi quyosh,
Bir tomchi ko‘z yoshin to‘kmaydi otam.
Maysalar nish urmas, qushlar sayramas,
Uyimda yaqinlar tutmaydi motam.
[Verse 3]
Men o‘lgan kunimda xalq yig‘iladi,
Men uchun berilgan oshlarni yerlar.
Yaxshi odam edi, deyish o‘rniga,
Janoza oshining go‘shti kam, derlar.
[Verse 4]
Men o‘lgan kunimda qarindoshlarim
Hisoblar men yig‘gan oyliklarimni.
Zarracha achinmas men yo‘qligimga,
Bo‘lishib olishar boyliklarimni.
[Bridge]
Men o‘lgan kunimda qabrim boshida
Yomg‘irga qo‘shilib yog‘adi qirov.
Qabrimga ko‘mishgach, kelib otamdan
O‘z xizmat haqqini so‘raydi go‘rkov.
[Verse 5]
Men o‘lgan kunimda jonajon singlim
Yig‘lamas, kuyinmas u ham rostakam.
Kiyimim hidlashib yodga olmaslar,
Cho‘ntagim titkilab ko‘radi akam.
[Final Chorus]
Men o‘lgan kunimda chiqmaydi quyosh,
Bir tomchi ko‘z yoshin to‘kmaydi otam.
Maysalar nish urmas, qushlar sayramas,
Uyimda yaqinlar tutmaydi motam.
[Outro]
Men o‘lgan kunimda chiqmaydi quyosh…