Qadring baland bo'lsin, ona tilim! (1-qism)
Uch ildiz Three Roots Тўлқин Эшбек
0:00 / 0:00
Qadring baland bo'lsin, ona tilim! (1-qism)
3 910 просмотров · 4 года назад
Uch ildiz Three Roots Тўлқин Эшбек
26,9 тыс. подписчиков
3 910 просмотров · 4 года назад
Til millatning bebaho xazinasi, mulki, uning hayoti, o'tmishi, kelajagi, qalbidir. Har bir millatning tilida o'sha xalqning qadriyati, ma'naviyati, o'zligi namoyon bo'ladi. Zero, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "O'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma'naviy boyligimiz va buyuk qadriyatimizdir".
Qadim Movarounnahr zamininig asosiy boyliklari qatorida munosib o’rin tutgan o’zbek tili tarixda ilk marotaba 1921-yilda Buxoro Xalq Jumhuriyati Nozirlar Kengashi qaroriga binoan “davlat tili” deb e’lon qilingan edi.
O’zbek tiliga yuksak darajada ahamiyat berib ulug’lanishi natijasida 1989-yil 21-oktabr kuni, O’zbekistan Respublikasi mustaqillikka erishishidan ancha oldin, Sovetlar Ittifoqi davridayoq “davlat tili” maqomi berildi.
Joriy yilning 20-oktabr kuni Prezident ta'lim muassalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomli ijod maktabida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Milliy ruh aks etib turgan tadbir juda ko'tarinkilik bilan boshlandi.
Xalqimizning uzoq va boy o'tmishi, ona tilimizning bugungi kunimizgacha bo'lgan tarixiy-taraqqiyot bosqichni bosib o'tganligi, eski o'zbek tilimizning mavqeyi, shevalarning serjiloligi, hozirgi kunda tilimizga e'tibor to'laqonli tarzda bir-biridan qiziqarli takrorlanmas sahna ko'rinishlari, raqslar, qo'shiqlar va she'rlar bilan ochib berildi.
Sahnaning milliy ruhda bezatilishi tadbirga o'zgacha fayz berdi. Tadbirdan ko'zlangan maqsad, bugungi kun yoshlarimizga milliy tilimizning sofligini saqlash va rivojlantirish, avlodlarga bus-butun yetkazib berish, qalbida Vatanga bo'lgan g'urur va iftixor tuyg'usini singdirishdir.
Ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashrif buyurgan mehmonlar hamda o'quvchilarda juda katta taassurot qoldirdi.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Axborot xizmati
October 20, 2021