Boborahim Mashrab - Devona Boldum by Amina&Brothers #Devonaboldum #Lirics #estrada
Amina_and_brothers
0:00 / 0:00
Boborahim Mashrab - Devona Boldum by Amina&Brothers #Devonaboldum #Lirics #estrada
34 741 просмотр · 4 недели назад
Amina_and_brothers
165 тыс. подписчиков
34 741 просмотр · 4 недели назад
Ko'rdum yuzungni — devona bo'ldum,
Aqli hushimdan begona bo'ldum.
Tortib jafoni o'lsam ko'yingda,
Qaytmasman hargiz — mardona bo'ldum.
Bo'lib jahonda rasvoi olam,
Yaxshi-yamonga afsona bo'ldum.
Kavsar sharobi yodimg'a kelmas,
La'li labingdin mastona bo'ldum.
Yumdum ko'zumni sendin bo'lakdin,
Kechdim baridin, rindona bo'ldum.
Ko'rdum tushumda sham'i jamoling,
Charx urub ondin parvona bo'ldum.
Ishqing mayini sundi bu jismim,
Ham soqi-yu ham paymona bo'ldum.
Bir qatra erdim, cho'mdum dengizga,
Kirdim sadafga — durdona bo'ldum.
Kuydirmasa o't, bo'lmas og'och cho'g',
Ishq o'ti birlan hamxona bo'ldum.
Bo'ldum fano men tufrog' ichinda,
Bir dona erdim, ming dona bo'ldum.
Ul yuz o'tida bud bo'ldi nobud,
Jon jong'a kirdi, jonona bo'ldum.
Tegdi ko'zingdin har damda ming tiyr,
Avval edim dasht, gulxona bo'ldum.
Bir necha yildur yordin judoman,
Bilmay o'zumni hayrona bo'ldum.
Kuymas, dedilar, ma'murai ganj,
Obod edim man, vayrona bo'ldum.
Mashrabga may sun mayxona ichra,
Kechdim baridin — rindona bo'ldum.