Перейти к содержимому

AFGʻONISTONDAGI QARLUQ OʻZBEKLARINING QISHLOQ HAYOTI | Achi-Qarluq qishlogʻiga safar

UZBEK TV-AF

0:00 / 0:00

AFGʻONISTONDAGI QARLUQ OʻZBEKLARINING QISHLOQ HAYOTI | Achi-Qarluq qishlogʻiga safar

3 157 просмотров · 1 месяц назад
UZBEK TV-AF
24,5 тыс. подписчиков
3 157 просмотров · 1 месяц назад
افغانستانده‌گی قرلوق اۉزبېکلری‌نینگ قیشلاق حیاتی | اچې-قرلوق قیشلاغیگه‌ سفر اوشبو قیشلاق دستوریده‌ سیزلرنی تخار ولایتی‌نینگ روستاق اولسواللیگیده‌گی اچې-قرلوق قیشلاغیگه‌ سیاحتگه‌ تکلیف قیله‌میز. بو قیشلاقده‌ قرلوق اۉزبېکلری‌نینگ عادي و صمیمي حیاتی، دهقانلر‌نینگ محنتی، قیشلاق آدملری تورموشی همده‌ گۉزل طبیعت بیلن یقیندن تنیشه‌سیز. سفر دوامیده‌ محلي اهالی بیلن صحبتلشه‌میز، اولر‌نینگ کونده‌لیک حیاتی، محنتی، آرزو-امیدلری و دوچ کېله‌یاتگن معمالری حقیده‌ حکایه‌لرینی تینگله‌یمیز. شونینگدېک، دله‌لر، باغلر، چارواچیلیک، قیشلاق محیطی و اۉزبېک خلقی‌نینگ مهمان‌دۉستلیگی هم اوشبو دستورده اۉز عکسینی تاپگن. قیشلاق دستوری‌نینگ مقصدی نه‌فقط قیشلاقلر‌نینگ گۉزللیگینی نمایش اېتیش، بلکه‌ افغانستان‌نینگ تورلی حدودلریده‌ یشه‌یاتگن اۉزبېکلر‌نینگ آوازینی کېنگراق بوتون دنیاگه یېتکزیشدیر. تیلیمیزنی، مدنیتیمیزنی، عرف-عادتلریمیزنی و خلقیمیز‌نینگ تورموش طرزینی تنیتیش آرقه‌لی ملي میراثیمیزنی اسره‌شگه‌ اۉز حصه‌میزنی قۉشیشنی ایسته‌یمیز. اگر سیز افغانستانده‌گی اۉزبېک قیشلاقلری حیاتی، خلق مدنیتی و حقیقي قیشلاق تورموشی بیلن قیزیقسنگیز، دستورنی آخریگچه تماشا‌ قیلینگ. فکرلرینگیزنی ایضاح‌لرده‌ یازیب قالدیرینگ. ویدیوگه لایک باسینگ، دۉستلرینگیز بیلن اۉرتاقلشینگ و اۉزبېک تی‌وی کانالیگه‌ آبونه‌ بۉلیب، قۉنغیراقچه‌سینی یاقیشنی اونوتمنگ. ______ AFGʻONISTONDAGI QARLUQ OʻZBEKLARINING QISHLOQ HAYOTI | Achi-Qarluq qishlogʻiga safar Ushbu qishloq dasturida sizlarni Taxor viloyatining Rustoq tumanidagi Achi-Qarluq qishlogʻiga sayohatga taklif qilamiz. Bu qishloqda qarluq oʻzbeklarining oddiy va samimiy hayoti, dehqonlarning mehnati, qishloq odamlari turmushi hamda goʻzal tabiat bilan yaqindan tanishasiz. Safar davomida mahalliy aholi bilan suhbatlashamiz, ularning kundalik hayoti, mehnati, orzu-umidlari va duch kelayotgan muammolari haqida hikoyalarini tinglaymiz. Shuningdek, dalalar, bogʻlar, chorvachilik, qishloq muhiti va oʻzbek xalqining mehmondoʻstligi ham ushbu dasturda oʻz aksini topgan. Qishloq dasturining maqsadi nafaqat qishloqlarning goʻzalligini namoyish etish, balki Afgʻonistonning turli hududlarida yashayotgan oʻzbeklarning ovozini kengroq butun dunyoga yetkazishdir. Tilimizni, madaniyatimizni, urf-odatlarimizni va xalqimizning turmush tarzini tanitish orqali milliy merosimizni asrashga oʻz hissamizni qoʻshishni istaymiz. Agar siz Afgʻonistondagi oʻzbek qishloqlari hayoti, xalq madaniyati va haqiqiy qishloq turmushi bilan qiziqsangiz, dasturimizni oxirigacha tomosha qiling. Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. Videoga layk bosing, doʻstlaringiz bilan ulashing va Oʻzbek TV kanaliga obuna boʻlib, qoʻngʻiroqcha tugmasini yoqishni unutmang.