💬 QABUL-2026 davom etmoqda !
xadichaikubrouz
0:00 / 0:00
💬 QABUL-2026 davom etmoqda !
14 325 просмотров · 1 месяц назад
xadichaikubrouz
19,8 тыс. подписчиков
14 325 просмотров · 1 месяц назад
2026–2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.
📆 Qabul muddati: 2026-yil 30-iyundan 20-iyulgacha.
⏱Qabul vaqti: 9:00 dan 17:00 gacha:
⏳Tushlik: 12:30 dan 13:30 gacha.
✅Yakshanba dam olish kuni.
📝Abituriyentlar belgilangan hujjatlar bilan qabul hay'atiga murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni o‘zlariga yaqin diniy ta'lim muassasasining qabul hay'ati orqali respublikadagi istalgan diniy ta'lim muassasasiga topshirish imkoniyati mavjud.
Qabul jarayonida ishtirok etishni istagan barcha abituriyentlarni belgilangan muddatlarda hujjatlarini topshirishga chorlaymiz.
🗣Muhim ma'lumot: Abituriyentlarning hujjatlari offlayn (ta'lim muassasasida) suhbat asosida qabul qilinadi.
✅Eslatma: Diniy ta’lim muassasalarining test sinovlarida ishtirok etishi uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Qabul uchun to‘lov miqdori 206 000 so‘m, (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari). To‘lovni aistalgan to‘lov ilovasi orqali to‘lash mumkin.
🗣Joriy yilda maktab, akademik lisey yoki kollejni tamomlab, o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar va nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno.
#qabul_2026
#hujjatlar_qabuli
🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal!