Sherali Jo'rayev - Tark Aylama | Mavlud Kechasidan
Sherali Juraev Team
0:00 / 0:00
Sherali Jo'rayev - Tark Aylama | Mavlud Kechasidan
1 258 492 просмотра · 1 год назад
Sherali Juraev Team
194 тыс. подписчиков
1 258 492 просмотра · 1 год назад
Tark Aylama
Ey, aziz do`st, ko`zlarim giryon manim tark aylama,
Ketma, oh, mandan yiroq, osmon mani tark aylama,
Ey zamin, poyimda tur, davron mani tark aylama,
O`zga olamga yurib, karvon mani tark aylama.
Ko`k aro sendan munavvardur ul mohi anvari,
Qo`ldagi qutlug` asoying yo`lda jonim rahbari,
Men-ku chavgonman nigohing olmagil mendin nari,
Qistama otingni, ey, armon mani tark aylama,
O`zga olamga yurib, karvon mani tark aylama.
Goh uyonu, goh buyona talpinar lov-lov yonib,
Titragay ojiz bu tanda e’tiqod ham o`rtanib,
Bo`ldi kim sobit bu yo`lda, kimdir iymondan tonib,
Dod etarman yolvorib, iymon mani tark aylama,
O`zga olamga yurib, karvon mani tark aylama.
Ey zamin, poyimda tur, davron mani tark aylama,
O`zga olamga yurib, karvon mani tark aylama.
Jism aro jonsan hamisha, jon mani tark aylama.
Jaloliddin Rumiy, Sherali Jo'rayev.