🎥 Videoreportaj: Jizzax viloyatida “Aqlli hudud” vaziyatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
Jizzax viloyati hokimligi
0:00 / 0:00
🎥 Videoreportaj: Jizzax viloyatida “Aqlli hudud” vaziyatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
93 просмотра · 1 день назад
Jizzax viloyati hokimligi
9,94 тыс. подписчиков
93 просмотра · 1 день назад
Jizzax viloyatida davlat boshqaruvini raqamlashtirish va hududlardagi jarayonlarni zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilish ishlari kuchaytirilmoqda.
Prezidentimizning 2026-yil 8 iyuldagi qarori ijrosi doirasida barcha shahar va tumanlarda “Aqlli hudud” vaziyatlar markazlari tashkil etildi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax shahridagi markaz faoliyati bilan tanishib, raqamli ma’lumotlar asosida muammolarni tezkor aniqlash va samarali qarorlar qabul qilish muhimligini ta’kidladi.
15-sentabr holatiga ko‘ra, shahar va tumanlarda markazlar uchun ajratilgan xonalarda ta’mirlash ishlari yakunlangan.
Jizzax shahridagi markaz UZINFOCOM tizimi orqali 30 ta vazirlik va idoraning 80 dan ortiq ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilingan.
Mazkur tizim iqtisodiyot, kommunal xizmatlar, qurilish, ekologiya, ijtimoiy soha va aholi murojaatlarini yagona raqamli platforma asosida monitoring qilish imkonini beradi.
📹 Batafsil — videolavhada.