🎥 Videoreportaj: Mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi
Jizzax viloyati hokimligi
0:00 / 0:00
🎥 Videoreportaj: Mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi
25 просмотров · 19 ч назад
Jizzax viloyati hokimligi
10 тыс. подписчиков
25 просмотров · 19 ч назад
Jizzax viloyatida mehnat migratsiyasini tartibga solish, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishida xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlar uchun munosib sharoit yaratish va ularni tizimli qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda mehnat migrantlarini xorijga chiqishdan oldin kasbiy va huquqiy jihatdan tayyorlash, ularning qonuniy mehnat faoliyatini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqildi.
Hisobot davrida 335 ta malakaviy xizmat ko‘rsatilgani, shuningdek, xorijga chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi.
📹 Batafsil — videolavhada.