Перейти к содержимому

Инжил. Яҳудонинг мактуби. Audio Injil. Muqaddas Kitob. Yahudoning maktubi

Uz Audio Kitob

0:00 / 0:00

Инжил. Яҳудонинг мактуби. Audio Injil. Muqaddas Kitob. Yahudoning maktubi

2 379 просмотров · 6 л. назад
Uz Audio Kitob
5,67 тыс. подписчиков
2 379 просмотров · 6 л. назад
Аудио Инжил, Яҳудонинг мактуби, Audio Injil, Muqaddas Kitob, Yahudoning maktubi Kirish https://www.kitobook.com/category/boo... Mazkur maktubning muallifi Iso Masihning ukasi Yahudodir. Bu maktub mazmun jihatidan Butrusning ikkinchi maktubiga o‘xshash bo‘lib, mohiyati — masihiylarning orasiga kirib olgan soxta ustozlarni fosh qilishdan iborat. Maktub qaysi shahardagi masihiylar jamoatiga yozilgani aniq emas. Ammo ma’nosi ochiq–oydin ifoda qilingan bo‘lib, masihiylarni soxta ustozlardan hazar qilishga, ularning ta’limotiga qarshi chiqishga undaydi. Bundan tashqari, imonda o‘sib ulg‘ayishga, mehr–oqibatli va rahmdil bo‘lishga chaqiradi. Yahudoning maktubi juda qisqa bo‘lgani uchun boblarga bo‘linmagan. 1 Iso Masihning quli va Yoqubning ukasi men — Yahudodan, Xudoning xalqi bo‘lishga da’vat qilingan birodarlarga salom! Otamiz Xudo sizlarni Iso Masihning kelishiga qadar O‘z mehr–muhabbati panohida omon saqlaydi. 2 Xudo sizlarga cheksiz marhamat, tinchlik va mehr–oqibat ato qilsin. 3 Sevimli birodarlarim, men sizlarga hammamiz birgalikda bahra olayotgan najotimiz haqida yozishni juda xohlagan edim. Ammo buning o‘rniga sizlarni: “Imonimizni himoya qilaylik”, deb undamoqchiman. Axir, Xudo bu o‘zgarmas imonni aziz xalqiga to abad topshirgan. 4 Gap shundaki, ba’zi betavfiq odamlar orangizga o‘g‘rincha kirib olibdilar. Ular, o‘z axloqsizligini oqlash uchun, Xudoyimizning inoyati haqidagi xabarni buzib o‘rgatyaptilar. Yagona Xo‘jayinimiz va Rabbimiz Iso Masihni rad etyaptilar. O‘sha betavfiqlarning jazosi azaldanoq yozilgandir. 5 Bunday odamlarning qismati nima bo‘lishini o‘zlaringiz yaxshi bilasizlar. Bularni sizlarga yana bir bor eslatmoqchiman: Egamiz O‘z xalqi Isroilni Misrdagi qullikdan qutqargandi. Keyinroq esa ishonmagan odamlarni halok qilgan edi. 6 Shuningdek, o‘z mavqeiga yarasha ish tutmay, makonini tashlab ketgan farishtalarni ham Egamiz qorong‘i–zimistonga abadiy zanjirband qilgandi. Ularni buyuk qiyomat kunigacha o‘sha yerda saqlab turibdi. 7 O‘sha farishtalar singari Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlari, shuningdek, bular atrofidagi barcha shaharlar aholisi ham notabiiy buzuq ehtiroslarga va shahvoniy hirsga berilgan edilar. Natijada esa abadiy o‘tda kuyib, o‘z jazosini olganlar. Ularning qismati hammaga saboq bo‘ldi. 8 Shunga qaramay, oramizga kirib olgan betavfiqlar o‘z vahiylariga tayanib, badanlarini harom etyaptilar. Xudoning hokimiyatini rad etib, samoviy mavjudotlarni haqorat qilyaptilar. 9 Esingizda bo‘lsa, bosh farishta Mikoil iblis bilan Musoning jasadi haqida bahslashgandi. Ammo Mikoil shunda ham iblisni haqoratlab, hukm qilishga jur’at etmadi, u Xudoning hokimiyatini e’zozlagan holda, faqat: “Egamning O‘zi seni hukm qilsin”, — deb aytgan edi, xolos.