Перейти к содержимому

ENG AFZAL 4 KALIMA | 1000X | SUBHANALLOH, ALHAMDULILLAH, LAA ILAAHA ILLALLOH, ALLOHU AKBAR

Shayx Alijon Qori

0:00 / 0:00

ENG AFZAL 4 KALIMA | 1000X | SUBHANALLOH, ALHAMDULILLAH, LAA ILAAHA ILLALLOH, ALLOHU AKBAR

5 463 просмотра · 5 месяцев назад
Shayx Alijon Qori
136 тыс. подписчиков
5 463 просмотра · 5 месяцев назад
#zikr #duo #namoz #alquranuz #shayx_alijon_qori Bir kishi dorulfanodan dorulbaqoga rihlat qilib, dunyodan oxiratga yetib borgach, u yerdan bizga vasiyat yuborsa, bu vasiyat naqadar muhim bo‘lishini bilasizmi? Rosululloh ﷺ aytadilar: «Isro kechasi Ibrohim alayhissalomga yo‘liqdim. U zot: «Ey Muhammad! Mendan ummatingga salom ayt. Ularga aytginki, jannatning tuprog‘i pokiza, suvi chuchuk, yerlari tekis ekan, ekinlari esa «Subhanalloh, valhamdulillah, va laa ilaaha illalloh, vallohu akbar» ekan», dedilar. Ibrohim alayhissalom bizga jannat haqida xabar bermoqdalar. Ammo bular – bu dunyodan o‘tgan odamning so‘zlaridir. U zot jannatning yeri pokizi va muborak, suvlari chuchuk va yoqimli, yeri esa tep-tekis ekanini aytyaptilar. Nega tep tekis? Chunki mo‘min odam u yerga «Subhanalloh, valhamdulillah, va laa ilaaha illalloh, vallohu akbar», deyish bilan ekin ekishi mumkin ekan! Rosululloh ﷺ boshqa bir hadisda dedilar: «Alloh taologa eng mahbub so‘zlar to‘rttadir: Subhanallohi, valhamdulillahi, laa ilaaha illallohu, vallohu akbar. Qaysi biridan boshlasang, zarari yo‘q» (Imom Muslim rivoyati) Rosululloh ﷺ shunday deganlar: «Subhanalloh, valhamdulillah, va laa ilaha illlaloh, vallohu akbar» denglar, chunki bu qiyomat kuni najot bo‘lib, oldinga chiqadi. Mana shu kalimalar haqiqiy boqiy qoluvchi solih amallardir». (Imom Hokim rivoyati) Agar bu zikrlarni boshqalarga o‘rgatsangiz - ular aytgan har bir zikr uchun sizga ham jannatda daraxt ekiladi, biiznillah!