Nilufar Shukrullayevna | 1 YIL BEPUL ISHLADIM! NEGA?
Yulduz Bilan | Yulduz Mavlyanova и Nilufar Shukrullayevna
0:00 / 0:00
Nilufar Shukrullayevna | 1 YIL BEPUL ISHLADIM! NEGA?
7 042 просмотра · 1 день назад
Yulduz Bilan | Yulduz Mavlyanova и Nilufar Shukrullayevna
7 042 просмотра · 1 день назад
Bugungi mehmonimiz — bolalar salomatligi va reabilitatsiya sohasida 19 yillik tajribaga ega mutaxassis Nilufar Shukrullayevna. U Shrot-terapevt, reabilitolog, "Baby Sun” massaj markazlari hamda “Baby Sunnat” klinikasi asoschisi va rahbari.
Nilufar opa o‘z faoliyatini oddiy hamshira sifatida boshlagan bo‘lsa-da, yillar davomida mehnat va izlanishlar orqali xalqaro darajadagi mutaxassisga aylandi. Bugungi kunda u bolalarda skoliozni operatsiyasiz davolash, tana holatini to‘g‘rilash va to‘g‘ri reabilitatsion massaj yo‘nalishida faoliyat yuritadi.
Ushbu samimiy suhbat davomida biz quyidagi savollarga javob izlaymiz:
— Skolioz haqidagi eng keng tarqalgan noto‘g‘ri qarashlar qaysilar?
— Bolaning tana holatidagi muammolarni ota-onalar uyda qanday sezishi mumkin?
— Telefon, planshet, maktab sumkasi va noto‘g‘ri o‘tirish bolaning umurtqasiga qanday ta'sir qiladi?
— Go‘dak massaji haqiqatan ham har bir bola uchun kerakmi?
— Noto‘g‘ri massajchi tanlash qanday xavflarga olib kelishi mumkin?
— Bolani erta tik turg‘izish, qattiq oyoq kiyim kiydirish yoki beshikda bog‘lash haqidagi qarashlar qanchalik to‘g‘ri?
— Farzandida skolioz belgilarini sezgan ota-ona birinchi navbatda nima qilishi kerak?
Shuningdek, Nilufar opaning oddiy hamshiradan o‘z klinikasi va ta'lim maktabiga ega bo‘lgan xalqaro mutaxassisgacha bo‘lgan hayot yo‘li haqida ham suhbatlashamiz.
Ushbu podkast har bir ota-ona uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan amaliy tavsiyalar, muhim ogohlantirishlar va mutaxassis fikrlariga boy.
Farzandingizning bugungi sog‘lig‘i — uning ertangi hayoti uchun eng katta sarmoyadir.
Videoni tomosha qiling, foydali bo‘lgan ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va fikringizni izohlarda qoldiring.
00:00 tizer
00:53 salom
03:10 sovg'a
08:50 tibbiyotga qadam
14:05 boshidagi 7 yil eng qiyin bo'ldi
15:23 qaynonam bilan kelishib olganmiz
18:50 qaynotam bilan bir to'lqinda edik
23:46 kuchli ayol yig'laydi
31:00 negativga uchragan video
41:00 shrotga kirib kelish
54:18 tibbiyot rivojlanmoqda va yoshni farqi yo'q
1:02:00 go'dakga qachondan massaj mumkin?
1:09:00 matkada mioma bo'lsa massaj mumkinmi?
1:14:49 beshik tufayli ortopedik muommalar bo'ladimi?
1:22:56 O'quvchilarim dunyo bo'ylab klinika ochishyapti
1:30:20 Ustozni duosini olsangiz kam bo'lmaysiz
1:31:38 Hudodan soradim va javob o'quvchilarimdan keldi
📌 Mening ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarim:
🔹 Telegram: https://t.me/yulduzmavlyanovas
🔹 Instagram: / yulduzmavlyanova_
🔹 Instagram: / yulduz_mav
📲 Yangiliklar va foydali maslahatlar uchun obuna bo‘ling! 🚀✨