🚌 AVTOBUSLARDA YANGI YIL KAYFIYATINI ULASHAMIZ!
Toshshahartransxizmat AJ
0:00 / 0:00
🚌 AVTOBUSLARDA YANGI YIL KAYFIYATINI ULASHAMIZ!
2 763 просмотра · 9 мес. назад
Toshshahartransxizmat AJ
726 подписчиков
2 763 просмотра · 9 мес. назад
Kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan poytaxtimiz ko‘chalarida bayramona muhit yanada jonlanmoqda! “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan maxsus Yangi yil ruhida bezatilgan avtobuslar yo‘nalishlarga chiqarildi.
Qizil-yashil chiroqchalar, bayramona bezaklar va iliq tabassumlar – bularning barchasi har bir yo‘lovchiga Yangi yil kayfiyatini ulashish, kunni ko‘tarinki ruhda boshlash maqsadida joriy etildi.
🚍 Bayramona avtobuslar nafaqat shahrimizga yanada chiroy bag‘ishlamoqda, balki:
🟢 yo‘lovchilarga bayram kayfiyatini ulashmoqda;
🟢 bolajonlarni quvontirmoqda;
🟢 kundalik qatnovni yana-da yoqimli va esda qolarli qilmoqda.
✨ “Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi uchun jamoat transporti — bu faqat manzilga olib borish emas, balki odamlar kayfiyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatish, quvonch ulashish hamdir.
🎄Aziz yurtdoshlar!
Yangi yil bezaklari bilan qatnayotgan avtobuslarimizda safar qilib, bayram kayfiyatini his eting va ushbu iliq lahzalarni yaqinlaringiz bilan baham ko‘ring!
🎉 Yangi yil hammamizga tinchlik, baraka va farovonlik olib kelsin!