Musulmonlar 73 firqaga bo‘linadimi? | Shayx Sodiq Samarqandiy
IXLOS TV
0:00 / 0:00
Musulmonlar 73 firqaga bo‘linadimi? | Shayx Sodiq Samarqandiy
7 466 просмотров · 3 года назад
IXLOS TV
552 тыс. подписчиков
7 466 просмотров · 3 года назад
Savol: «Yahudiylar 71 firqaga, nasroniylar 72 firqaga bo‘linib ketgan. Mening ummatim esa 73 firqaga bo‘linib ketadi. Ulardan faqat bittasi — men va ashoblarim yo‘lini tutganlar jannatdadirlar» degan hadisdagi 73 firqadan murod faqat musulmonlarmi yoki bunga to qiyomatgacha bo‘lgan bashariyat, masalan, majusiy, otashparast va boshqa kofiru mushriklar ham kiradimi? Bir ahli ilm: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «yahudiylar, nasroniylar» deganlaridan keyin musulmonlar demadilar, balki «ummatim» dedilar. «Ummatim»dan murod da’vat yetkizish kerak bo‘lgan barcha insonlardir. Da’vatni qabul qilib iymon keltirganlar esa najot topuvchi firqa hisoblanadi», degan ekan. Iltimos, tushuntirib bersangiz.