UMAR SAYFIDDIN. Qashlag‘ich. Audio kitob
Узбек тилида аудио китоблар
0:00 / 0:00
UMAR SAYFIDDIN. Qashlag‘ich. Audio kitob
399 просмотров · 4 года назад
Узбек тилида аудио китоблар
56,1 тыс. подписчиков
399 просмотров · 4 года назад
XX asr turk adabiyotining yirik vakillaridan biri Umar Sayfiddin1884 yilda Turkiyaning Goʻnen shaharchasida dunyoga keldi. Maktabdan soʻng harbiy tahsil oldi. 1903 yilda harbiy maktabni tugatib, 1908 yilga qadar Izmir va uning atrofida zobit boʻlib xizmat qildi. Jandarma bilim yurtida dars berdi. Hayotining Izmirda kechgan davri boʻlajak adib uchun ijodga tayyorlanish yillari boʻldi. Umar Sayfiddin 1908 yilda Salonikiga yuborildi. Bolqon yarimoroli ixtiloflar bilan toʻlib-toshgan, u yerdagi elatlar oʻz mustaqilliklari uchun turklarga qarshi qoʻzgʻalgan bir payt edi. Umar Sayfiddin shunday bir sharoitda Rumelining qator qishloq va shaharlarida turli mansablarda xizmat qildi. Xizmati davomida duch kelgan turfa hodisalar uning milliy tuygʻulariga ham taʼsir etmay qolmadi. Buni hikoyalaridagi millatparvarlik ruhida yaqqol koʻrish mumkin.