Baxt Aslida Nima? | Arthur Brooks’dan O‘rganganlarim
Barno Mukimova Insights
0:00 / 0:00
Baxt Aslida Nima? | Arthur Brooks’dan O‘rganganlarim
16 145 просмотров · 2 дня назад
Barno Mukimova Insights
62,2 тыс. подписчиков
16 145 просмотров · 2 дня назад
Baxt haqida fikrlarim o‘zgardi.
Yaqinda Andrew Huberman’ning Arthur Brooks bilan suhbatini ko‘rdim. Arthur Brooks — Harvard Business School’da dars beradigan professor va baxt ilmi bo‘yicha tadqiqotlari bilan tanilgan olim.
Podcastni ko‘rib, baxt haqida oldin o‘ylagan ayrim fikrlarimni qayta ko‘rib chiqdim.
Baxt aslida nima?
Uni topish kerakmi yoki yaratish mumkinmi?
Nega ba’zan hayotimizda hamma narsa joyida bo‘lsa ham, o‘zimizni baxtli his qilmaymiz?
Va eng muhimi — baxtni o‘stirish mumkinmi?
Ushbu solo podcastda men Arthur Brooks va Andrew Huberman suhbatidan olgan eng kuchli fikrlarimni, baxt haqidagi shaxsiy qarashlarimni va kundalik hayotimizda qo‘llash mumkin bo‘lgan g‘oyalarni siz bilan bo‘lishaman.
Bu shunchaki “happy bo‘lish uchun 5 ta maslahat” emas.
Bu — baxtga qanday qarashimiz kerakligi haqida suhbat.
🎧 Podcastni oxirigacha ko‘ring va siz uchun baxt nimani anglatishini o‘ylab ko‘ring.
Sizningcha, baxt — hissiyotmi, tanlovmi yoki hayot tarzi?
👇 Fikringizni kommentariyada yozib qoldiring.
#Baxt #Happiness #ArthurBrooks #AndrewHuberman #Psychology #Neurobiology #SelfDevelopment #Podcast #BarnoMukimova