Перейти к содержимому

Jizzax viloyati hokimi Zafarobod tumanidagi “Choʻliguliston” mahallasiga bordi

Jizzax viloyati hokimligi

0:00 / 0:00

Jizzax viloyati hokimi Zafarobod tumanidagi “Choʻliguliston” mahallasiga bordi

5 246 просмотров · 1 год назад
Jizzax viloyati hokimligi
10 тыс. подписчиков
5 246 просмотров · 1 год назад
Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Mustafoyev Zafarobod tumanidagi “Choʻliguliston” mahallasiga tashrif buyurib, bu yerda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari va aholi muammolari bilan tanishdi Hududda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? “Obod mahalla”, “Obod koʻcha” va “Obod xonadon” dasturi doirasida mahallada infratuzilmani yaxshilash, tozalash va taʼmirlash ishlari jadal olib borilmoqda. Hokimga bu borada masʼullar tomonidan bajarilgan ishlar va rejalashtirilgan loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi. Hozirda hududda: ✅ Ariqlar tozalanmoqda ✅ Ikki qavatli uylarning tomi va fasadi taʼmirlanmoqda ✅ Tandirxonalar qurilmoqda ✅ Ichimlik suvi tarmogʻi yangilanmoqda ✅ Koʻchalarga asfalt yotqizilmoqda ✅ Maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bunyod etilmoqda Qurilish ishlari nazoratda. Viloyat hokimi mutasaddilar bilan muloqotda qurilish ishlari koʻlamini kengaytirish, zarur ashyolarni oʻz vaqtida yetkazib berish hamda sifatga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi. Shuningdek, tumandagi toʻrtta mahalla uchun yangi traktorlar topshirildi, bu esa mahalliy xoʻjalik ishlarini yanada samarali tashkil etishga yordam beradi. Aholi muammolari tinglandi Tashrif doirasida viloyat hokimi mahalla aholisi bilan uchrashib, ularning muammolari va takliflarini tingladi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi va muammolarni bartaraf etish choralari koʻrildi. “Choʻliguliston” mahallasida olib borilayotgan ishlar hududning yanada gullab-yashnashiga va aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi.” – dedi viloyat hokimi. Hududdagi taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettiriladi.