Universitet talabalari harbiy aloqa institutining ta’lim va amaliyot jarayoni bilan tanishdi
Toshkent davlat transport universiteti
0:00 / 0:00
Universitet talabalari harbiy aloqa institutining ta’lim va amaliyot jarayoni bilan tanishdi
741 просмотр · 7 месяцев назад
Toshkent davlat transport universiteti
4,55 тыс. подписчиков
741 просмотр · 7 месяцев назад
Toshkent davlat transport universiteti talabalari Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti faoliyati hamda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutida Toshkent davlat transport universiteti talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarga institutda kursantlar uchun yaratilgan zamonaviy moddiy-texnik baza, qulay yashash va ta’lim sharoitlari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda amaliy mashg‘ulotlarning mazmuni haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlangan o‘quv xonalari, maxsus laboratoriyalar va uchuvchisiz uchish apparatlari faoliyati namoyish etildi.
Tadbir yakunida talaba yoshlar uchun harbiy ta’limning ustuvor yo‘nalishlari, kasbiy rivojlanish istiqbollari va Vatan oldidagi burchni sharaf bilan ado etish mas’uliyati yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.