Ko'mak Hakim qishlog‘i | suv, sog‘liq va turmush muammolari bilan yuzma-yuz
UZBEK TV-AF
0:00 / 0:00
Ko'mak Hakim qishlog‘i | suv, sog‘liq va turmush muammolari bilan yuzma-yuz
1 080 просмотров · 13 часов назад
UZBEK TV-AF
24,8 тыс. подписчиков
1 080 просмотров · 13 часов назад
کمک حکیم قیشلاغی: سوو، ساغلیق و تورموش معمالری بیلن یوزمه-یوز
افغانستاننینگ کۉپچیلیک اهالیسی دهقانچیلیک، اېکینچیلیک و چارواچیلیک بیلن رۉزغارینی تأمین اېتهدی. خصوصاً، قیشلاقلرده یشهیدیگن عایلهلر اوچون یېر، سوو و محنت حیاتنینگ اېنگ اساسي واسطهلریدن حسابلنهدی.
جوزجان ولایتی آقچه تومنیگه قرهشلی کمک حکیم قیشلاغی هم دهقانچیلیک بیلن شغللنیب، کوندهلیک تورموشینی اۉتکزهیاتگن قیشلاقلردن بیریدیر. اما بو قیشلاق اهالیسی سوو، ساغلیقنی سقلش و باشقه اساسي خدمتلر یېتیشمسلیگی سببلی بیر قنچه قیینچیلیکلرگه دوچ کېلماقده.
قیشلاقده ساغلیقنی سقلش مرکزی یۉقلیگی سببلی کسل بۉلگن آدملرنی آقچه تومنی مرکزیدهگی شفاخانهگه آلیب باریشگه تۉغری کېلهدی. اهالی حکومتدن قیشلاق اوچون هېچ بۉلمهگنده کیچیک کلینیک قوریب بېریشنی سۉرهماقده.
بو یېردهگی اېنگ کتّه معمالردن ینه بیری - تازه ایچیملیک سوو یېتیشمسلیگی، قودوقلردن چیقهدیگن سوونینگ کۉپینچه شۉر یاکه اچّیق بۉلیشی سببلی، اهالی سوونینگ بیر قِسمینی ساتیب آلیشگه مجبور اوّلگی ییللرده تانکرلر آرقهلی سوو کېلتیریب بېریلگن بۉلسه-ده، حاضر بوندهی یاردم دوام اېتمهیپتی.
Kamak Hakim qishlog‘i: suv, sog‘liq va turmush muammolari bilan yuzma-yuz
Afg‘onistonning ko‘pchilik aholisi dehqonchilik, ekinchilik va chorvachilik bilan ro‘zg‘orini ta’min etadi. Xususan, qishloqlarda yashaydigan oilalar uchun yer, suv va mehnat hayotning eng asosiy vositalaridan hisoblanadi.
Juzjon viloyati Aqcha tumaniga qarashli Kamak Hakim qishlog‘i ham dehqonchilik bilan shug‘ullanib, kundalik turmushini o‘tkazayotgan qishloqlardan biridir. Ammo bu qishloq aholisi suv, sog‘liqni saqlash va boshqa asosiy xizmatlar yetishmasligi sababli bir qancha qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Qishloqda sog‘liqni saqlash markazi yo‘qligi sababli kasal bo‘lgan odamlarni Aqcha tumani markazidagi shifoxonaga olib borishga to‘g‘ri keladi. Aholi hukumatdan qishloq uchun hech bo‘lmaganda kichik klinika qurib berishni so‘ramoqda.
Bu yerdagi eng katta muammolardan yana biri — toza ichimlik suvi yetishmasligi. Quduqlardan chiqadigan suvning ko‘pincha sho‘r yoki achchiq bo‘lishi sababli, aholi suvning bir qismini sotib olishga majbur bo‘lmoqda. Oldingi yillarda tankerlar orqali suv keltirib berilgan bo‘lsa-da, hozir bunday yordam davom etmayapti.