Afghanistan tog‘lari bag‘ridagi mahrum o‘zbeklar qishlog‘i | Rahim Dara qishlog‘iga safar
UZBEK TV-AF
0:00 / 0:00
Afghanistan tog‘lari bag‘ridagi mahrum o‘zbeklar qishlog‘i | Rahim Dara qishlog‘iga safar
7 811 просмотров · 1 день назад
UZBEK TV-AF
24,8 тыс. подписчиков
7 811 просмотров · 1 день назад
افغانستان تاغلری بغریدهگی محروم اۉزبېکلر قیشلاغی | رحیم دره قیشلاغیگه سفر
قیشلاق دستورلرینینگ افغانستاندهگی اۉزبېکلر یشهیدیگن حدودلرگه قیلهیاتگن سفرلری دوامیده بو سفر تخار ولایتی رستاق تومنیدهگی رحیم دره قیشلاغیگه یۉل آلدیک.
رحیم دره — شهردن اوزاقده، تاغلر بغریده جایلشگن عادي و امکانیتلری چېکلنگن قیشلاقلردن بیریدیر.
اولگی دستوریمیزده تخار ولایتیدهگی خوب-آبه قیشلاغیگه تشریف بویورگن اېدیک، خوب-آبهدن رحیم درهگه یېتیب باریش اوچون تخمیناً یریم ساعت پیاده یۉل باسدیک، چونکه بو ایکّی قیشلاق اۉرتهسیده موتر یۉلی یۉق، فقط پیاده یوریلهدیگن تاغ یۉلی موجود.
بو سفر رحیم دره اهالیسینینگ حیاتی، تورموش شرایطی و اقتصادي احوالینی یقیندن کۉریش، شونینگدېک، قیشلاق اهالیسی دوچ کېلهیاتگن معما و کمچیلیکلرنی تصویرگه آلیش مقصدیده کېلدیک.
بوندهی آلیس تاغلی حدودلرده یشهش آسان اېمس. شهردن اوزاقلیک و موتر یۉلینینگ یۉقلیگی اهالینینگ ضرور خدمت و امکانیتلردن فایدهلنیشینی ینهده قیینلشتیرماقده.
اوشبو دستورده رحیم دره اهالیسی قندهی یشهیاتگنی، قندهی محنت قیلهیاتگنی، تیریکچیلیگینی قندهی تأمینلهیاتگنی همده قندهی معما و احتیاجلرگه دوچ کېلهیاتگنی حقیده حکایه قیلهمیز.
دستورنی آخریگچه تماشا قیلینگ و رحیم دره اهالیسی حیاتیدن بیر لوحهنی کۉرینگ.
اگر دستور سیزگه معقول بۉلسه، ویدېونی لایک قیلینگ، فکرینگیزنی ایضاحلرده یازیب قالدیرینگ و «اوزبیک تیوی» کانالیگه آبونه بۉلینگ.
Afghanistan tog‘lari bag‘ridagi mahrum o‘zbeklar qishlog‘i | Rahim Dara qishlog‘iga safar
Qishloq dasturlarining Afg‘onistondagi o‘zbeklar yashaydigan hududlarga qilayotgan safarlari davomida bu safar Taxor viloyati Rustoк tumanidagi Rahim Dara qishlog‘iga yo‘l oldik.
Rahim Dara — shahardan uzoqda, tog‘lar bag‘rida joylashgan oddiy va imkoniyatlari cheklangan qishloqlardan biridir.
Oldingi dasturimizda Taxor viloyatidagi Xub-Aba qishlog‘iga tashrif buyurgan edik. Xub-Abadan Rahim Daraga yetib borish uchun taxminan yarim soat piyoda yo‘l bosdik. Chunki bu ikki qishloq o‘rtasida avtomobil yo‘li yo‘q, faqat piyoda yuriladigan tog‘ yo‘li mavjud.
Bu safardan maqsad — Rahim Dara aholisi hayoti, turmush sharoiti va iqtisodiy ahvolini yaqindan ko‘rish, shuningdek, qishloq aholisi duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni tasvirga olish edi.
Bunday olis tog‘li hududlarda yashash oson emas. Shahardan uzoqlik va avtomobil yo‘lining yo‘qligi aholining zarur xizmat va imkoniyatlardan foydalanishini yanada qiyinlashtirmoqda.
Ushbu dasturda Rahim Dara aholisi qanday yashayotgani, qanday mehnat qilayotgani, tirikchiligini qanday ta’minlayotgani hamda qanday muammo va ehtiyojlarga duch kelayotgani haqida hikoya qilamiz.
Dasturni oxirigacha tomosha qiling va Rahim Dara aholisi hayotidan bir lavhani ko‘ring.
Agar dastur sizga ma’qul bo‘lsa, videoni layk qiling, fikringizni izohlarda yozib qoldiring va «O‘zbek TV» kanaliga obuna bo‘ling.