IIV Namangan akademik litseyi o'quvchilari bilan akademiyaga tashrif
IIV Namangan Akademik Litsey
0:00 / 0:00
IIV Namangan akademik litseyi o'quvchilari bilan akademiyaga tashrif
1 009 просмотров · 5 мес. назад
IIV Namangan Akademik Litsey
625 подписчиков
1 009 просмотров · 5 мес. назад
IIV Namangan akademik litseyi oʼquvchilari uchun IIV Ichki ishlar organlari tarixi muzeyiga sayohat uyushtirildi
“Huquqiy madaniyat” oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Namangan akademik litseyi o‘quvchilari uchun Ichki ishlar vazirligi tarixi muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar muzeyda jamlangan boy tarixiy eksponatlar, hujjatlar hamda ichki ishlar organlarining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini aks ettiruvchi materiallar bilan yaqindan tanishdilar.
Ularga ichki ishlar tizimining o‘tmishi, bugungi faoliyati hamda kelgusidagi istiqbollari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, muzeyda xizmat qilgan fidoyi xodimlar, ularning mardligi va vatanparvarligi haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazmalar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
#uzbekistan #rek #iiv #olympics #namangan #uzb #uz #top #interesting #lyceum