Sun'iy intellekt (AI) aslida qanday ishlaydi? 20 haqiqat | 1-qism
Otabek Yorqinov
0:00 / 0:00
Sun'iy intellekt (AI) aslida qanday ishlaydi? 20 haqiqat | 1-qism
6 591 просмотр · 5 дней назад
Otabek Yorqinov
437 подписчиков
6 591 просмотр · 5 дней назад
Men sun'iy intellektdan Abdulla Qodiriyning «Oltin qo'ng'iroq» romani haqida so'radim. U romanning davri, qahramoni va mazmunini ishonch bilan aytib berdi. Muammo shundaki — bunday roman yo'q.
Nega shunday bo'ladi? Bu videoda sun'iy intellekt (ChatGPT, Gemini, Claude, DeepSeek kabi til modellari) aslida qanday ishlashini oddiy tilda tushuntiraman. Bu — ikki qismli videoning birinchi qismi: SI haqida bilishingiz kerak bo'lgan 20 ta haqiqatdan dastlabki 10 tasi.
Videoda:
— SI o'zi nima: mashinami, dasturmi? (javob: fayl — kompyuterimdagi haqiqiy misol bilan)
— Nega u «hamma narsani biladi»: taxminan 110 million kitobga teng matn
— U siz kabi tushunmaydi — hisoblaydi
— Nega bir xil savolga har safar boshqacha javob beradi
— Nega uzun suhbatda boshini unutadi
— Qanday qilib rasm chizadi, qidiradi, Excel tayyorlaydi
— Nega u sizga qo'shilishga moyil
— Hallucination (halusinatsiya): nega ishonch bilan xato qiladi
— Nega uni «to'qimaydigan» qilib bo'lmaydi
— Nega ba'zi savollarga javob bermaydi
#suniyintellekt, #SI, #AI, #AIozbekcha, #suniyintellektnima,