Do‘stlik tumani tanqiddan to‘g‘ri xulosa chiqardi
Jizzax viloyati hokimligi
0:00 / 0:00
Do‘stlik tumani tanqiddan to‘g‘ri xulosa chiqardi
1 638 просмотров · 1 г. назад
Jizzax viloyati hokimligi
10 тыс. подписчиков
1 638 просмотров · 1 г. назад
Do‘stlik tumani tanqiddan to‘g‘ri xulosa chiqardi
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev tashabbusi bilan Do‘stlik tumanining ijtimoiy-iqtisoiy holati o‘rganilgan edi.
O‘rganish natijasida tumanda bir qator kamchiliklar aniqlanib, tanqidiy videolavha namoyish etildi.
Tanqiddan tuman mutasaddilari to‘g‘ri xulosa chiqarishdi.
Jumladan, Do‘stlik tumani Tibbiyot birlashmasi jamoasi tomonidan isitish qozonxonasi atrofi tartibga keltirildi. Ko‘mir yoqishdan hosil bo‘lgan kullar tozalandi. Zaxira ko‘mirlar belgilangan joyda saqlanmoqda.
Birlashmaning Terapiya bo‘limi oshxonasidagi holat ham bartaraf etildi.
Shuningdek, birlashmaga oziq-ovqat yetkazib beruvchi omborxonada mahsulotlarni saqlash to‘liq tartibga keltirildi.
"Chinobod" mahallasidagi "Yangi O‘zbekiston" massivida 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda. Tanqiddan so‘ng qurilish olib borilayotgan hudud qurilish tashkiloti tomonidan o‘rab olindi.
"Do‘stlik dehqon bozori" MCHJ hududidagi avtoturargohga shag‘al to‘shalib, tekislandi. Natijada aholi uchun ham, transport vositalari haydovchilari uchun ham qulayliklar yaratildi.
Ayni paytda G‘afur G‘ulom mahallasida yangi savdo kompleksi bunyod etilmoqda. Joriy yil mazkur savdo kompleksi ishga tushiriladi. Bozordagi tadbirkorlar mazkur savdo kompleksida xaridorlarga xizmat ko‘rsatadi. Natijada sotuvchilar hamda xaridorlar uchun ham qulay sharoitlar yaratib beriladi.
Aholi tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘lgan chiqindixona tartibga keltirilib, uning atroflariga shag‘al to‘shaldi.
Shuningdek, tanqidda keltirilgan "Chinobod" mahallasi Hamza ko‘chasiga qum-shag‘al aralashmasi to‘shalib, aholining harakatlanishi uchun qulay holatga keltirildi.