Mana Masih bo'ldi Najotkor! #masihiy #musiqa #madhiya
Uchbirlikdagi Xudo
0:00 / 0:00
Mana Masih bo'ldi Najotkor! #masihiy #musiqa #madhiya
756 просмотров · 2 месяца назад
Uchbirlikdagi Xudo
307 подписчиков
756 просмотров · 2 месяца назад
[Naqorat]
Mana Masih boʻldi Najotkor,
Qoʻrqmasman hech, Sensan madadkor.
Kuch–qudratim, shukrim, madhiyam,
Sensan mangu qutqaruvchim, Yor.
[1]
Najot daryosidan suv olay,
Shodlik ila hamdingni kuylay.
Buyuk ishlaring elga yoyay,
Muqaddas nomingni yod etay.
[Naqorat]
Mana Masih boʻldi Najotkor,
Qoʻrqmasman hech, Sensan madadkor.
Kuch–qudratim, shukrim, madhiyam,
Sensan mangu qutqaruvchim, Yor.
[2]
Hamdlar ayting, ey ahli jahon,
Ajab ishlar qildi Mehribon.
Hayqiringlar shod boʻlib bugun,
Oramizda Muqaddas Sulton.
[3]
Masihiy, kuyla, quvonching toʻlsin,
Har bir qalbda ilohiy nur yonsin.
Buyukdir biz bilan Muqaddas Zot,
Boqiy hamdlar osmonlarga yetsin.
[Naqorat]
Mana Masih boʻldi Najotkor,
Qoʻrqmasman hech, Sensan madadkor.
Kuch–qudratim, shukrim, madhiyam,
Sensan mangu qutqaruvchim, Yor.
Quyidagi oyatlarga asoslangan masihiy madhiya:
Ishayo 12
Shukrona qoʻshigʻi
1 Oʻsha kuni sen aytasan:
“Senga shukur aytaman, ey Egam,
Mendan gʻazablangan eding,
Gʻazabing bosildi, ey Egam,
Menga Sen tasalli berasan!”
2 Sen yana aytasan: “Ha, Xudo najotimdir,
Qoʻrqmasman, U mening umidimdir.
Egamning Oʻzi mening kuch–qudratimdir,
U mening qutqaruvchimdir.”
3 Shod boʻlib, najot chashmasidan suv olasiz.
4 Oʻsha kuni aytasiz:
“Shukronalar aytaylik Egamizga.
Sajda qilaylik Unga!
Qilgan buyuk ishlarini
Xalqlar orasida ovoza qilaylik,
Nomi yuksalganini yodga solaylik!”
5 Hamdlar ayting Egamizga!
Butun yer yuzida boʻlgan ovoza
Uning qilgan ajoyib ishlari!
6 Xitob qiling, hayqiring shodlikdan, ey Quddus ahli,
Buyukdir orangizdagi Isroil xalqining Muqaddas Xudosi.
#Uchbirlik #masihiy #uzbek #Xudo #MuqaddasKalom