#40 Pullik sinflar, Milliy o'quv dasturi va 1-sinfga qabuldagi "stavkalar" l "Tanaffus" podkast
Xalq ta'limi Info
0:00 / 0:00
#40 Pullik sinflar, Milliy o'quv dasturi va 1-sinfga qabuldagi "stavkalar" l "Tanaffus" podkast
10 770 просмотров · 1 день назад
Xalq ta'limi Info
44,9 тыс. подписчиков
10 770 просмотров · 1 день назад
Davlat maktablarida 29 mln so‘mlik pullik sinflarning ochilishi, Milliy o‘quv dasturi va 1-sinfga qabul jarayonida kuzatilayotgan “stavkalar” — jamoatchilik tomonidan eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan.
Podkastimizning doimiy ekspertlari ta'lim bo'yicha ekspet Komil Jalilov hamda jurnalist Dilshoda Shomirzayeva.
00:00 - Tizer
00:59 -Reklama
02:11 - Kirish
02:46 - Yangi o‘quv yili qanday boshlandi
06:21 - Davlat maktablarida “pullik sinflar” ochilyapti
09:38 - Davlat ta’limini pullik qilish Konstitutsiyaga zid emasmi?
11:44 - Ta’limga oid qaror nega “xizmat doirasida foydalanish uchun” imzolandi?
14:24 - 24 million so‘mlik ta’lim: narxni eshitganlar ishonmadi
15:25 - Davlat maktabida o‘qish uchun nega yana pul to‘lash kerak?
19:06 - 24–29 million so‘mlik sinflar kimlar uchun?
20:32 - Bola ixtisoslashtirilgan maktabga kirishi uchun ham repetitorga boradi
21:17 - 250 bola bitta o‘rin uchun: “soyadaggi ta’lim”
25:26 - 250 bola bitta o‘rin uchun kurashadi
26:06 - Imtihondan o‘ta olmagan bolaga qanday signal beryapmiz?
27:10 - Davlatning vazifasi — barcha bolaga teng sharoit yaratish emasmi?
29:28 - Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qanchalik shaffof?
31:25 - Bolani erta yoshdan “iqtidorli” va “iqtidorsiz” deb ajratish mumkinmi?
32:12 - Standartlashtirilgan test iqtidorni aniqlay oladimi?
36:30 - Matematika kuchli bo‘lmagan bola boshqa sohada iqtidorli bo‘lishi mumkin
38:17 - Ta’limdagi tabaqalanish Koreya seriallarida qanday ko‘rsatilgan?
39:34 - Bolaning butun kelajagini bitta imtihon hal qilishi kerakmi?
40:58 - Raqobat va tabaqalanish endi bog‘cha yoshiga tushyaptimi?
41:30 - Maktab bolani raqobatga emas, hamkorlikka o‘rgatishi kerakmi?
42:16 - Maktab faqat bilim emas, qadriyat ham beradi
43:29 - Har xil tipdagi bolalarni bir sinfda o‘qitish foydalimi?
45:57 - Maktablarga qabuldagi “stavkalar” nega yo‘qolmayapti?
46:46 - “Stavka”larni yo‘qotish uchun nima qilish kerak?
48:44 - Nega ota-ona bolasi uchun boshqa tumandagi maktabga pul to‘lashi kerak?
49:05 - Ta’limdagi ortiqcha xarajatlarni kamaytirib, maktablarni ko‘paytirish kerakmi?
50:02 - Vaucher tizimi maktabdagi "stavkalarga" yechimmi?
51:33 - Ta’limga ajratilayotgan pullar qayerga ketmoqda?
53:55 - Milliy o‘quv dasturi aslida nima uchun kerak?
57:28 - Nega 2021-yilda ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturi to‘liq joriy etilmadi?
1:02:57 - Milliy o‘quv dasturi xususiy maktablar uchun ham majburiymi?
1:05:00 - O‘quv dasturi metodikani ham belgilashi kerakmi?
1:06:04 - Akademik erkinlik: maktab o‘zi qanday o‘qitishni tanlashi mumkinmi?
1:08:25 - Repetitorlik tizimi maktabdagi boshqa fanlarni “yo‘q qilib” yuboryaptimi?
1:09:49 - Xususiy maktablar faoliyatini qanday nazorat qilish kerak?
1:10:49 - Yangi o‘quv dasturini joriy etishning aniq mexanizmi bormi?
1:11:23 - Ta’lim standartlari bajarilayotganini kim va qanday tekshiradi?
1:12:18 - Maktabning asosiy vazifasi — bilim berishmi yoki yaxshi inson tarbiyalashmi?
1:15:35 - Milliy o‘quv dasturida chiroyli maqsadlar bor, ammo amalda nima yetishmayapti?
1:16:00 - 15 yoshli bola huquqi buzilsa, nima qilishni biladimi?
1:18:21 - 13 yoshli bolaga nega universitet darajasidagi huquq nazariyasi o‘rgatilmoqda?
1:21:54 - Huquq darsi bolani jazodan qo‘rqitishmi yoki huquqlarini o‘rgatishi?
1:23:37 - Huquq fanida “jazolash”dan ko‘ra “o‘zini himoya qilish” muhimroqmi?
1:25:37 - Bolaga “jazodan qo‘rq” deyish yaxshimi yoki “nega bu noto‘g‘ri?”ni tushuntirishmi?
1:35:39 - Tanqidiy fikrlashni yuqori sinfgacha kutish kech emasmi?
1:36:47 - Milliy o‘quv dasturini darslikka moslashtirish masalasi
1:39:14 - Bola davlat organlarining qarorlarini ham tanqidiy baholashni o‘rganishi kerakmi?
1:40:40 - Ta’lim tizimiga tanqidiy fikrlaydigan insonlar kerak
1:41:20 - Tarix darsida voqeani tahlil qilish
1:42:12 - Bola o‘rgangan bilimini boshqa vaziyatda qo‘llay oladimi?
1:43:23 - Milliy o‘quv dasturini muhokama qilish uchun 15 kun yetarlimi?
1:44:08 - Ochiq muhokamada odamlar qaysi takliflari qabul qilinganini bilishi kerak
1:45:48 - Muhokama faqat maqtov uchun emas, kamchiliklarni topish uchun kerak
1:48:49 - O‘quv dasturi, darslik va taqvim-mavzu reja nega bir-biriga mos kelmayapti?
1:49:50 - Taqvim-mavzu, reja bor, lekin unga mos darslik qayerda?
1:51:38 - Yangi darslik yaratilgan bo‘lsa, nega maktablarga yetib bormagan?
1:57:12 - Tanqid qilishdan maqsad nima?