Ozyapman, lekin juda sekin. Nima uchun?
Dr.Dilshod Tursunov
0:00 / 0:00
Ozyapman, lekin juda sekin. Nima uchun?
15 158 просмотров · 1 мес. назад
Dr.Dilshod Tursunov
549 тыс. подписчиков
15 158 просмотров · 1 мес. назад
Ozyapman, lekin juda sekin — bu fikr sizga tanishmi?
Ovqatlanishingizni o'zgartirdingiz, vazningiz ham tushdi. Lekin bir muddatdan keyin tarozidagi o'zgarish sekinlashdi. Shunda savol tug'iladi: "Natijam juda kam emasmi? Men noto'g'ri qilyapmanmi?"
Ko'pchilik shu paytda "vazn tushmay qoldi", "kam ovqat yeyapman lekin natija yo'q" deb o'ylab, qilayotgan ishini tashlab yuboradi.
Bu videoda tarozi aslida nimani o'lchashini, nima uchun vazn har doim bir xil tezlikda o'zgarmasligini va nega sekinlashuvning o'zi harakatlaringiz ishlamayapti degani emasligini tushuntiraman.
Tarozi faqat yog'ni emas — tanadagi suv, glikogen, ichak tarkibi va boshqa komponentlarni ham birgalikda ko'rsatadi. Shu sababli bitta raqamga qarab butun jarayon haqida xulosa chiqarish har doim ham to'g'ri emas.
Eng muhim savol faqat "Bugun necha kilogramm bo'ldim?" emas.
Yana bir savol bor:
"Men avvalgidan boshqacha yashayapmanmi?"
Natija uchun emas. Hulq uchun ishlang.
Natija keladi. Keyin esa qoladi.
Murojaat uchun:
📞 94 651 30 00
💬 Telegram: @drdilshodcontact
🌐 drdilshod.com
#ozish #vazntashlash #ozishsirlari #soglomturmush #metaboliksalomatlik