“Unutilmas mutaxassis boʻling” — Zulfiya Rashidova | GAZETA
Gazeta.uz: Oʻzbekiston Yangiliklari
0:00 / 0:00
“Unutilmas mutaxassis boʻling” — Zulfiya Rashidova | GAZETA
3 996 просмотров · 4 мес. назад
Gazeta.uz: Oʻzbekiston Yangiliklari
228 тыс. подписчиков
3 996 просмотров · 4 мес. назад
Gazeta nashrining “Sening yoshliging menda boʻlsaydi…” nomli ushbu loyihasida el-yurt orasida hurmatga sazovor kishilar oʻz yoshligini eslab, hozirgi zamon nuqtayi nazaridan yoshlarga tavsiyalar beradi. Ushbu loyiha asosan 17-20 yoshlilar uchun moʻljallangan boʻlib, uning barcha mehmonlari bir xil savollarga javob beradi.
Navbatdagi mehmon — ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Zulfiya Rashidova.
Zulfiya Rashidova — 1980-yili Andjon viloyati Izboskan tumanida tugʻilgan. Andijon davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetida bakalavr hamda Oʻzbekiston Milliy universitetining adabiyotshunoslik yoʻnalishida magistratura taʼlimini olgan. Toshkentdagi Webster universitetida “Taʼlim va innovatsiyalar” yoʻnalishida ham magistraturani tamomlagan. 2001-yilda beri maktab va litseylarda ona tili va adabiyot fanidan dars berib keladi. “Ustoz – 2020” milliy tanlovi gʻolibi, “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni sohibasi. YouTubeʼdagi “Hammabop oʻzbek tili” kanali asoschisi.
Muallif: Ziyoda Ramazonova
Tasvirchi: Maʼmurjon Obrahmatov
Montaj ustasi: Shahzod Habibullayev
Loyihaning oldingi sonlari bilan ushbu pleylist orqali tanishishingiz mumkin: • Sening yoshing menda bo‘lsaydi...
Taym kod:
00:00 — Tizer.
1:20 — Mehmon haqida.
2:32 — Yoshlik yillaringizni uchta jumlada qanday taʼriflagan boʻlardingiz? Nega aynan shu soʻzlar mos keladi, deb oʻylaysiz?
6:09 — Yoshligingizdagi qaysi qadriyatingiz haligacha siz bilan qolgan? U qadriyatga qanday kelgansiz?
9:55 — Yoshligingizda ish/kasb tanlashda siz uchun eng muhimi nima boʻlgan?
21:44 — Yoshlikda hayot tarzingiz (sogʻlom ovqatlanish, toʻgʻri kun tartibi, meʼyordagi uyqu va boshqalar) qanday oqibatlarga olib kelgan deb oʻylaysiz?
26:32 — Yoshligingizda qanchalik mehnatkash boʻlgansiz? Oʻzingizni mehnatkash qilib tarbiyalashda qaysi usullar yordam bergan?
30:31 — Yoshligingizdagi qilgan eng katta tavakkalchiligingiz? Bu sizga qanday natija bergan? Oʻzi yoshlikda tavakkalchilik qilish kerakmi?
37:13 — Yoshligingizda uzoq muddatli tushkunlik yoki ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka duch kelganmisiz? Inqirozli holatga tushib qolgan yoshlar uchun tavsiyalaringiz.
46:54 — Tanqidni qanday qabul qilasiz? Yoshligingizda tanqid sizni ranjitganmi yoki oʻstirgan?
51:03 — Mukammallikka intilish insonni oʻstiradimi yoki cheklaydimi?
59:18 — Yoshligingizda pul bilan munosabatlaringiz qanday edi?
1:00:07 — Qaysi yosh yoki bosqichni oila qurish uchun yaxshi davr deb oʻylaysiz?
1:06:52 — Resurslari cheklangan yoki elementar ehtiyojlar taʼminoti past joyda yashovchi yoshlar oʻzlarini qanday rivojlantirishi kerak?
1:12:37 — Oʻz qiziqishlari va maqsadlarini aniqlab olmagan, ammo buni xohlaydigan yoshlar uchun tavsiyalaringiz?
1:13:45 — Bugungi oʻzbek yoshlari orasida sizga eng yoqadigan xususiyatlar qaysilar? Qaysilarini esa yoqtirmaysiz?
1:16:19 — Yoshligingizda hayotingizga taʼsir qilgan uchta kitob? Qanday taʼsiri boʻlgan?
1:20:24 — Agar oʻzingiz hozigi davrda 17-20 yosh boʻlib qolsangiz, bu bosqichni qanday oʻtkazardingiz?
Telegram – https://t.me/gazetauz_ozb
Facebook – / gazetauz
Instagram – / gazetauzbekistan
Twitter – / gazeta_uz