O‘zbekistonda raqs san’atining katta konserti bo‘lib o‘tdi — «Raqsning sehrli olami»
Raqs San'ati birlashmasi
0:00 / 0:00
O‘zbekistonda raqs san’atining katta konserti bo‘lib o‘tdi — «Raqsning sehrli olami»
291 просмотр · 2 недели назад
Raqs San'ati birlashmasi
243 подписчика
291 просмотр · 2 недели назад
O‘zbekiston raqs san’ati ijodiy birlashmasining «Raqsning sehrli olami» nomli uch kunlik konsert dasturi Jizzax viloyatining Zomin va Paxtakor tumanlarida bo‘lib o‘tdi.
Konsert davomida Farg‘ona vodiysidan Xorazmgacha, Buxorodan Qoraqalpog‘istongacha — yurtimizning turli hududlariga xos raqs maktablari bir sahnada jam bo‘ldi.
Dasturda davlat raqs ansambllari va yakkaxon ijrochilar ishtirok etib, xalq kuylari hamda zamonaviy kompozitsiyalar asosida sahnalashtirilgan raqslarni tomoshabinlarga taqdim etdi.
Konsertda:
Charos-Oy Djurabayeva — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston raqs san’ati ijodiy birlashmasi raisi rahbarligidagi «Tumor» davlat raqs ansambli;
Gulmira Madrahimova — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist rahbarligidagi «Navbahor» ansambli ishtirok etdi.
«Raqsning sehrli olami» — bu nafaqat sahnadagi chiqishlar, balki xalqimizning rang-barang raqs an’analari, milliy ruh va zamonaviy ijod uyg‘unligini namoyon etgan katta madaniy sayohat bo‘ldi.