Hazrat Sulton cho‘qqisini zabt etdik | Real Vlog
Shaxzod Shokirov
0:00 / 0:00
Hazrat Sulton cho‘qqisini zabt etdik | Real Vlog
453 просмотра · 9 дней назад
Shaxzod Shokirov
66 подписчиков
453 просмотра · 9 дней назад
Jahongir akam va yaqinlarim bilan O‘rta Osiyodagi eng baland cho‘qqilardan biri — Hazrat Sulton tomon yo‘l oldik.
Bu videoda cho‘qqiga chiqish jarayonini boshidan oxirigacha sizlar bilan bo‘lishdim. Yo‘lning qiyin joylari, kuchli shamol, sovuq, charchoq va cho‘qqiga yetib borish jarayonida boshdan kechirganlarimizni videoning o‘zida ko‘rasiz.
Safar davomida men uchun kutilmagan yana bir narsani bildim. Hazrat Sulton nafaqat tog‘ va hiking uchun kelinadigan joy, balki ko‘pchilik uchun ziyoratgoh ham ekan.
Yo‘lda yoshi katta insonlarni ham ko‘rdik. Ular bu qiyin yo‘lni ziyorat va ibodat niyatida bosib o‘tishayotgan ekan.
Men esa bu safarga cho‘qqini zabt etish va o‘zimni sinab ko‘rish uchun chiqqandim. Shu sabab yo‘lda ko‘rganlarim menga bu joyga boshqacha qarashga sabab bo‘ldi.
Qolganini videoning o‘zida ko‘rasiz.
Agar sizga ham tog‘, sayohat va shunday real safarlar qiziq bo‘lsa, videoni ko‘ring. Yoqsa, kanalga obuna bo‘lib qo‘ying.
#HazratSulton #Hiking #Uzbekistan #Vlog #Sayohat #Tog‘ #JahongirAka