SHAVKAT UMURZOQOV: “XALQNING ROZILIGIGA ERISHISH QIYIN” | EKSKLYUZIV
Anhor_uz | Rasmiy kanal и Anhoruz / Rasmiy
0:00 / 0:00
SHAVKAT UMURZOQOV: “XALQNING ROZILIGIGA ERISHISH QIYIN” | EKSKLYUZIV
40 656 просмотров · 2 недели назад
Anhor_uz | Rasmiy kanal и Anhoruz / Rasmiy
40 656 просмотров · 2 недели назад
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov Anhor.uz’ga eksklyuziv intervyu berdi. Suhbat hokimning Chilonzor tumaniga ishchi tashrifi davomida — mikroavtobusda, hududlarni ko‘zdan kechirish va aholi bilan muloqot jarayonida yozib olindi.
Bu safar poytaxt rahbari bilan faqat amalga oshirilayotgan loyihalar haqida emas, Toshkentning buguni va kelajagi, renovatsiya, qurilishlar zichligi, yer resurslari, tirbandliklar, jamoat transporti, piyodalar uchun shahar, kommunal infratuzilma, tanqid va hokim jamoasidagi rahbarlarga qo‘yiladigan talablar haqida ham gaplashdik.
Shavkat Umurzoqovdan faoliyati davomida qabul qilgan eng qiyin qarori qaysi bo‘lgani va bugun ortga qaytish imkoniyati bo‘lsa, qaysidir qarorini boshqacha qabul qilarmidi, deb ham so‘radik. Aynan shu savollar hokimni ancha o‘ylantirdi.
Suhbatda yana bir muhim savol yangradi: Toshkent qanday shahar bo‘lishi kerak va Shavkat Umurzoqov hokimlik faoliyatidan keyin poytaxtda qanday o‘zgarish qoldirishni istaydi?
Shuningdek, Chilonzordagi ishchi tashrif davomida “Aqlli tuman” tizimi, mahallalar xavfsizligi, kommunal infratuzilma, investitsiyalar, sanoat va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdik. Tashrif yakunida hokim Chilonzor faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
“Xalqning roziligiga erishish qiyin” degan fikr ortida nima bor? Toshkent hokimi tanqidlarni o‘qiydimi? Uning eng qiyin qarori nima bo‘lgan? Bugun nimani boshqacha qilgan bo‘lardi?
Javoblar — Anhor.uz’ning Shavkat Umurzoqov bilan eksklyuziv intervyusida.
Anhor.uz’ga obuna bo‘ling va yangi materiallarni kuzatib boring.
#ShavkatUmurzoqov #Toshkent #Anhoruz #Intervyu #ToshkentHokimi #Renovatsiya #shoshilinch #tezxabar #uzbekistan #shavkatumirzakov #hokimyat #president #toshkentbekatlari #poytaxtbekatlari #muammo #shaharhokimi