Перейти к содержимому

Chahan Retsepti | Yaponlar Sevib Yeydigan Mazali Guruchli Taom

BirTaom

0:00 / 0:00

Chahan Retsepti | Yaponlar Sevib Yeydigan Mazali Guruchli Taom

293 просмотра · 3 недели назад
BirTaom
37 подписчиков
293 просмотра · 3 недели назад
Bugungi videoda Yaponiyada juda mashhur bo‘lgan Chahan — yaponcha qovurilgan guruch tayyorlaymiz. Tayyorlanishi juda oson, tez va mazali. Oddiy masalliqlardan foydalanib, uy sharoitida to‘yimli va xushbo‘y taom tayyorlash mumkin. Chahan turli xil mahsulotlar bilan tayyorlanishi mumkin. Men bu videoda o‘zim ishlatadigan sodda va mazali variantni ko‘rsatdim. Masalliqlar: 1. Dimlab pishirilgan guruch — 1 kishi uchun 200–300 g 2. Piyoz — 1 dona 3. Chesnok — 1–2 bo‘lak 4. Tuxum — 3–4 dona 5. Ko‘katlar — ko‘k piyoz, ukrop, petrushka va boshqalar 6. Bulg‘or qalampiri — xohishga ko‘ra 7. O‘simlik yog‘i 8. Tuz va ziravorlar — ta’bga ko‘ra 9. Soya sousi — 4–5 osh qoshiq Guruchni oldindan pishirib, sovutib qo‘ysangiz, Chahan yanada yaxshi chiqadi. Videoni yoqtirsangiz, Like bosishni va kanalga obuna bo‘lishni unutmang. Yapon taomlari, oddiy retseptlar va Yaponiyaga oid boshqa videolar uchun kanalni kuzatib boring. #Chahan #YaponTaomlari #Retsept #FriedRice #JapaneseFood #OsonRetsept