OQSILLAR, YOG‘LAR VA UGLEVODLAR ALMASHINUVI | ОҚСИЛЛАР, ЁҒЛАР ВА УГЛЕВОДЛАР АЛМАШИНУВИ
BIOLOG UZ
0:00 / 0:00
OQSILLAR, YOG‘LAR VA UGLEVODLAR ALMASHINUVI | ОҚСИЛЛАР, ЁҒЛАР ВА УГЛЕВОДЛАР АЛМАШИНУВИ
1 937 просмотров · 6 месяцев назад
BIOLOG UZ
21,5 тыс. подписчиков
1 937 просмотров · 6 месяцев назад
OQSILLAR, YOG‘LAR VA UGLEVODLAR ALMASHINUVI | ОҚСИЛЛАР, ЁҒЛАР ВА УГЛЕВОДЛАР АЛМАШИНУВИ
OQSILLAR, YOG‘LAR VA UGLEVODLAR ALMASHINUVI
Ovqat moddalari tarkibiga oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv va vitaminlar kiradi. Shulardan oldingi uchtasi organizmda parchalanib energiya hosil qiladi, keyingi uchtasi esa energiya hosil qilmaydi, lekin moddalar almashinuvi va organizmdagi boshqa hayotiy jarayonlar normal o‘tishida muhim rol o‘ynaydi. Bu moddalarning har biri o‘ziga xos fiziologik xossalarga ega.
Oqsillar almashinuvi
Oqsillar murakkab molekulyar organik birikma bo‘lib, odam organizmi hayotida muhim ahamiyatga ega.
Oqsillar quyidagi muhim funksiyalarni bajaradi:
• plastik funksiya — oqsillar odam organizmining barcha hujayralari tarkibiga kiradi;
• energetik funksiya — kislorod ishtirokida oksidlanib energiya hosil qiladi;
• fermentativ funksiya;
• gormonal (endokrin) funksiya;
• immunologik (himoyalash) funksiya;
• gomeostatik funksiya — qon, to‘qima oraliq va to‘qima ichi suyuqliklarining kolloid-osmotik bosimini ta’minlaydi;
• tashuvchilik (transport) funksiyasi — qizil qon tanachalari (eritrositlar)ning oqsil moddasi (gemoglobin) o‘pkadan kislorodni hujayralarga, hujayralardan esa karbonat angidrid gazini o‘pkaga tashiydi;
• shuningdek, nasl belgilarining avloddan-avlodga berilishida ham oqsillar muhim ahamiyatga ega.
Oqsillar aminokislotalardan tuzilgan. Ovqatlanish gigienasi fanida ma’lum bo‘lgan 80 ta aminokislotadan asosan 22 tasi ovqat mahsulotlari oqsillari tarkibiga kiradi. Bular quyidagilar: alanin, valin, glitsin, izoleysin, leysin, metionin, serin, tirozin, treonin, fenilalanin, sistin, asparagin kislota, glutamin kislota, arginin, lizin, asparagin, glutamin, gistidin, prolin, triptofan, oksiprolin, sistein.
Yuqorida ko‘rsatilgan aminokislotalar 2 guruhga bo‘linadi:
1. Almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar.
2. Almashtirish mumkin bo‘lgan aminokislotalar.
Almashtirish mumkin bo‘lmagan aminokislotalar odam organizmida boshqa ovqat moddalaridan sintez qilinmaydi, ya’ni ular ovqatdagi oqsil tarkibida qabul qilinishi kerak. Avvalgi yillarda almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga quyidagi 8 ta aminokislota kiritilgan: valin, izoleysin, leysin, lizin, metionin, triptofan, treonin, fenilalanin.
Keyingi yillarda ma’lum bo‘ldiki, bolalar organizmida gistidin boshqa moddalardan yetarli miqdorda sintez qilinmas ekan, ya’ni u ovqatdagi oqsil tarkibida qabul qilinishi zarur bo‘lganligi uchun almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar guruhiga kiritilgan.
Shuningdek, avvalgi yillarda almashtirish mumkin bo‘lgan aminokislotalar hisoblangan tirozin va sistin ham keyingi yillardagi tadqiqotlar natijasiga ko‘ra almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar guruhiga kiritilgan. Chunki sistin odam organizmida metionindan, tirozin esa fenilalanindan sintez qilinishi mumkin. Ammo sistindan qaytadan metionin, tirozindan qaytadan fenilalanin sintez qilinishi mumkin emasligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun sistin va tirozin almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar guruhiga kiritilgan.
Almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar soni 11 ta: valin, izoleysin, leysin, lizin, metionin, triptofan, treonin, fenilalanin, gistidin, sistin, tirozin.
Almashtirish mumkin bo‘lgan aminokislotalar soni ham 11 ta: alanin, glitsin, serin, asparagin kislota, glutamin kislota, arginin, asparagin, glutamin, prolin, oksiprolin, sistein.
Oqsillar o‘zining aminokislota tarkibiga ko‘ra sifatli va sifatsiz oqsillarga bo‘linadi. Tarkibida hamma 11 ta almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar bo‘lgan oqsil sifatli oqsil deyiladi. Sifatli oqsillar hayvon va parranda mahsulotlarida bo‘ladi: go‘sht, baliq, tuxum, sut va sut mahsulotlari.
Tarkibida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarning birontasi bo‘lmagan mahsulotlar oqsili sifatsiz oqsil deyiladi.
Sifatsiz oqsillar o‘simlik mahsulotlarida bo‘ladi: guruch, no‘xat, loviya, bug‘doy, kartoshka, makkajo‘xori va boshqalar.
Bolalar va o‘smirlar organizmining normal o‘sishi va rivojlanishi uchun ularning kundalik ovqati tarkibida sifatli oqsillar yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.
Yog‘lar ikki xil bo‘ladi:
• hayvon yog‘lari (dumba, charvi yog‘lari, sariyog‘, baliq yog‘i, tuxum sarig‘i tarkibidagi yog‘ kabilar);
• o‘simlik moylari (paxta, kungaboqar, zig‘ir, kunjut, makkajo‘xori, zaytun moylari).
KANALIMIZGA OBUNA BO'LING:
/ @biologuz
Yangi bo‘lsangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!
👍Layk tugmasini bosishni unutmang !
🔥Ajoyib kommentlaringizni qoldiring...
Kuningiz xayrli o‘tsin!
Hurmat ila BIOLOGUZ
►ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИМИЗ: https://t.me/uzbiolog
►ИНСТAГРAМ СAҲИФAМИЗ: / uzbiolog
►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/32ibaXL - Android Apk Ilovalar Sayti.
#oqillaryoglar #uzbiolog #biologuz