Перейти к содержимому

ENERGIYA ALMASHINUVI | ЭНЕРГИЯ АЛМАШИНУВИ

BIOLOG UZ

0:00 / 0:00

ENERGIYA ALMASHINUVI | ЭНЕРГИЯ АЛМАШИНУВИ

384 просмотра · 5 месяцев назад
BIOLOG UZ
21,5 тыс. подписчиков
384 просмотра · 5 месяцев назад
ENERGIYA ALMASHINUVI | ЭНЕРГИЯ АЛМАШИНУВИ KANALIMIZGA OBUNA BO'LING:    / @biologuz   Yangi bo‘lsangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! 👍Layk tugmasini bosishni unutmang ! 🔥Ajoyib kommentlaringizni qoldiring... Kuningiz xayrli o‘tsin! Hurmat ila BIOLOGUZ ►ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИМИЗ: https://t.me/uzbiolog ►ИНСТAГРAМ СAҲИФAМИЗ:   / uzbiolog   ►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/32ibaXL - Android Apk Ilovalar Sayti. #energiyaalmashinuvi #uzbiolog #biologuz Energiya almashinuvi Yuqorida aytilganidek, moddalar almashinuvida, ya’ni oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya organizmda barcha fiziologik jarayonlarning to‘xtovsiz davom etishi uchun sarflanadi. Jumladan, yurak, o‘pka, jigar, buyrak, me’da-ichaklar, tana muskullari va boshqa to‘qima va organlarning ish bajarishini, yoshlarda esa o‘sish va rivojlanishning normal o‘tishini ta’minlaydi. Faqat yurak, jigar, buyrak, muskullarning ish faoliyatini ta’minlash uchun bir kecha-kunduzda sarflanadigan energiya 100 l suvni qaynatishi mumkin. Binobarin, odamning hayoti normal davom etishi uchun organizmda uzluksiz ravishda energiya hosil bo‘lib turishi zarur. Bu esa ratsional ovqatlanish bilan bog‘liq. Oziq moddalar parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiyaning uchdan ikki qismi to‘qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal o‘tishi va ish bajarishi uchun sarflanadi, uchdan bir qismi esa tana haroratining doimiyligini ta’minlash uchun sarflanadi. Energiya sarfi. Odam organizmida kecha-kunduz davomida sarflanadigan energiya uch qismdan iborat: 1. Asosiy moddalar almashinuvini ta’minlash uchun sarflanadigan energiya. Bu energiya ertalab nahorda va kechasi odam qimirlamay yotgan vaqtda nafas olishi, yuragi, buyraklari, jigari va boshqa hayotiy muhim a’zolari normal ishlab turishini ta’minlash uchun sarflanadi. Bu energiyaning miqdori odamning 1 kg tana massasiga 1 soatda 1 kkal ga teng. Tana massasi 70 kg bo‘lgan odam uchun bir kecha-kunduzda asosiy moddalar almashinuvini ta’minlashga sarflanadigan energiya miqdori 1680 kkal ga teng. 2. Ovqatni hazm qilishga sarflanadigan energiya. Iste’mol qilingan ovqatni hazm qilish uchun me’da-ichaklar, jigar, me’da osti bezi kabi organlarning ishi kuchayadi va ular energiya sarflaydi. Sarflangan energiyaning miqdori ovqat tarkibiga bog‘liq, ya’ni oqsil, yog‘larga boy bo‘lgan ovqatlarni (ayniqsa qovurilgan go‘sht, kabob, palov, tuxum kabilarni) hazm qilishga ko‘proq energiya sarflanadi. Uglevodlarga boy bo‘lgan ovqatlarni (non, kartoshka, mevalar, sabzavotlar, shirinliklar, xamirli ovqatlar) hazm qilishga ozroq energiya sarflanadi. Aralash ovqatlarni hazm qilishga sarflanadigan energiya asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan energiyaning 10 % ini tashkil etadi. Demak, bu energiyaning miqdori katta odamda bir kecha-kunduzda 168 kkal ga teng. 3. Odam bir kecha-kunduzda bajaradigan ishiga sarflanadigan energiya. Bu energiyaning miqdori har bir odamning kasbiga, ko‘p yoki oz harakatlanishiga bog‘liq. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar kam energiya sarflaydi. Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar, sportchilar ko‘p energiya sarflaydi. Masalan, odam o‘rtacha tezlikda yurgan vaqtda uning organizmi sarflaydigan energiya miqdori asosiy moddalar almashinuvi uchun sarflanadigan energiya miqdoriga nisbatan ikki marta ko‘payadi (1680 × 2 = 3360 kkal). Odam o‘rtacha tezlikda chopgan vaqtda sarflanadigan energiya asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan energiyaga nisbatan to‘rt marta ko‘payadi (1680 × 4 = 6720 kkal). Umuman bajaradigan ishning turiga ko‘ra bir kecha-kunduzda sarflanadigan energiya miqdori har xil bo‘ladi. Odamlar to‘rt guruhga bo‘linadi: • Birinchi guruhga aksariyat yengil mehnat, aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar kiradi. Ular organizmi bir kecha-kunduzda sarflaydigan energiya miqdori 2500–3000 kkal ga teng. • Ikkinchi guruhga mexanizatsiyalashgan jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar kiradi. Ular bir kecha-kunduzda 3000–3500 kkal energiya sarflaydi. • Uchinchi guruhga mexanizatsiyalashmagan jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar kiradi. Ularning bir kecha-kunduzlik energiya sarfi 3500–4500 kkal ni tashkil etadi. Muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar ham shu guruhga kiradi. • To‘rtinchi guruhga mexanizatsiyalashmagan og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar kiradi. Shuningdek, yuqori razryadga ega bo‘lgan sportchilar ham shu guruhga kiradi. Bu guruhga kirgan odamlarning bir kecha-kunduzlik energiya sarfi 4500–8000 kkal ni tashkil etadi. Ma’lumki, 1 g oqsil organizmda kislorod bilan oksidlanib parchalanganda 4,1 kkal, 1 g yog‘ – 9,3 kkal, 1 g uglevod – 4,1 kkal energiya hosil qiladi. Demak, bir kecha-kunduzlik ovqat tarkibida iste’mol qilingan oqsil, yog‘, uglevodlarning miqdoriga qarab hosil bo‘lgan energiyaning umumiy miqdorini aniqlash mumkin.