Перейти к содержимому

VITAMINLAR | ВИТАМИНЛАР

BIOLOG UZ

0:00 / 0:00

VITAMINLAR | ВИТАМИНЛАР

1 795 просмотров · 6 месяцев назад
BIOLOG UZ
21,5 тыс. подписчиков
1 795 просмотров · 6 месяцев назад
VITAMINLAR | ВИТАМИНЛАР Vitaminlar biologik faol moddalar bo‘lib, organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Rus olimi Nikolai Ivanovich Lunin (1853–1938) 1880-yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasida vitaminlar hayvonlar organizmi uchun muhim modda ekanligini birinchi bo‘lib isbotladi. Uning xulosasiga ko‘ra, ovqat tarkibida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo‘ladi; bularsiz organizm yashashi mumkin emas, deyilgan edi. Keyinchalik bu noma’lum muhim moddalar 1912-yilda Kazimierz Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi (vita – hayot degan ma’noni bildiradi). Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo‘lib, ularning har biri odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Agar bir necha hafta, oy davomida kundalik ovqat tarkibida biror vitamin muntazam yetishmasa, uning organizmda bajaradigan fiziologik vazifasi buziladi. Natijada ma’lum kasallik yuzaga keladi. Agar odam organizmida biror vitamin mutlaqo yo‘qolsa, avitaminoz, uning miqdori kamaysa, gipovitaminoz, me’yoridan ortib ketsa, gipervitaminoz deb ataladi. Bu holatlarning har qaysisida o‘ziga xos xastalik belgilari paydo bo‘ladi. Masalan, gipovitaminoz A, gipovitaminoz B, gipovitaminoz C va hokazo. Har xil vitaminlar turli vazifani bajaradi. Vitaminlar yog‘da va suvda eruvchilarga bo‘linadi. Yog‘da eruvchilarga A, D vitaminlari, suvda eruvchilarga B guruh, K, C, PP kabi vitaminlar kiradi. A vitamini hayvon va odam organizmining o‘sishi va rivojlanishida, hujayralarning bo‘linib ko‘payishida, epiteliy to‘qimasining (terining ustki qavati, nafas yo‘llari, ovqat hazm qilish a’zolarining ichki shilliq qavati) funksional holatini normal saqlashda, ko‘z o‘tkirligining yaxshi bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Organizmda bu vitamin yetishmaganda teri quruqlashib yoriladi, nafas yo‘llari va oshqozon-ichak ichki qavatining yallig‘lanish kasalliklari yuzaga keladi. Ko‘rish o‘tkirligi pasayadi, ayniqsa, odam qorong‘ida yaxshi ko‘ra olmaydi. Bolalar va o‘smirlar organizmining o‘sishi va rivojlanishi susayadi. A vitamini baliq yog‘ida, sariyog‘da, tuxum sarig‘ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir, o‘rik tarkibida ko‘p bo‘ladi. B guruh vitaminlar. Bu guruhga B1 (tiamin), B2 (riboflavin), B6, B12, B15, PP (nikotin kislota), pantotenat kislota va boshqalar kiradi. B1 vitamini (tiamin) markaziy nerv sistemasida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari normal o‘tishida, odamning aqliy ish faoliyati yaxshi bo‘lishida muhim o‘rin tutadi. Agar u kundalik ovqat tarkibida yetarli miqdorda bo‘lmasa, odamda gipovitaminoz B1 kasalligi yuzaga keladi. Buning belgilari oyoq-qo‘l muskullarining uvishib og‘rishi, holsizlik, tez charchash, odamning aqliy faoliyati pasayishi, ya’ni o‘zlashtirish, esda saqlash, e’tiborni muhim masalaga jalb etish kabi qobiliyatlarning pasayishidir. U arzimagan narsaga jahli chiqadigan bo‘lib qoladi. Bu vitamin uzoq muddat davomida yetishmasa, avitaminoz B1, ya’ni beri-beri degan kasallik yuzaga keladi. Uning belgilari shundan iboratki, nerv sistemasida ro‘y bergan chuqur o‘zgarish natijasida nerv tolalari falajlanib qoladi, terida sezuvchanlik oldiniga kuchayadi, so‘ngra yo‘qoladi, qo‘l-oyoq muskullarining harakati kuchsizlanadi. Odam oyog‘ini yaxshi ko‘tara olmaydi va u qadamini kalta-kalta, xuddi oyog‘iga kishan solingan odamga o‘xshab bosadi. Kasallikka o‘z vaqtida davo qilinmasa, ko‘krak qafasi va diafragma muskullari falajlanib qolishi natijasida nafas olish to‘xtab qoladi va bemor halok bo‘ladi. Bu vitamin guruch po‘stlog‘ida, bug‘doy nonida, loviya, no‘xat, tuxum sarig‘i, yong‘oq, mol jigari tarkibida bo‘ladi. B2 vitamini (riboflavin) ko‘zning ravshanligini ta’minlash, ranglarni yaxshi ajratish, teridagi yaralarning tuzalishi, bolalarning o‘sishi va rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. U ovqat tarkibida yetarli bo‘lmasa, gipovitaminoz B2 yuzaga keladi. Bu kasallikda ko‘zning shox pardasi xiralashadi va ko‘rish o‘tkirligi, ranglarni ajratish qobiliyati pasayadi. Lablar qizaradi, achishadi va yara hosil bo‘ladi. Soch to‘kiladi. Bu vitamin jigar, buyrak, tuxum sarig‘i, sut va sut mahsulotlarida, no‘xat, loviya tarkibida bo‘ladi. PP vitamini (nikotinat kislota) hujayra va to‘qimalarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o‘tishida muhim ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmasligi natijasida yuzaga kelgan gipovitaminoz PP kasalligida nomi D bilan boshlanuvchi uchta kasallik yuzaga keladi: dermatit, diareya, demensiya. KANALIMIZGA OBUNA BO'LING:    / @biologuz   Yangi bo‘lsangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! 👍Layk tugmasini bosishni unutmang ! 🔥Ajoyib kommentlaringizni qoldiring... Kuningiz xayrli o‘tsin! Hurmat ila BIOLOGUZ ►ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИМИЗ: https://t.me/uzbiolog ►ИНСТAГРAМ СAҲИФAМИЗ:   / uzbiolog   ►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/32ibaXL - Android Apk Ilovalar Sayti. #vitaminlar #uzbiolog #biologuz